Oshxona

Go‘shtli rulet

Kerakli masalliqlar:

1. Un 2. Sut - 750 gr. 3. Margarin - 250 gr. 4. Tuxum - 4 dona 5. Shakar - 1 choy qoshiq 6. Yog‘ - 200 gr. 7. Achitqi - 2 osh qoshiq 8. Tuz - 3 choy qoshiq 9. Qiyma - 1 kg 10. Piyoz - 2 dona.

a9f0ed06-d568-4215-98a2-7c28dc588915

89bd2aaf-4755-440e-97ab-3bed49fae947

Tayyorlanishi:

Qiyma. Qiyma go‘shtga piyoz, tuz solinib, tovada biroz qovurib olinadi.

Tuxumning oqini shakar bilan aralashtirib, issiq sutga solinadi. So‘ng, 2 stakan un bilan achitqi solinib, suyuq xamir qoriladi va 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi. So‘ng, suyuq xamir muzlatkichdan olinib, to‘z, yog‘, 3ta tuxum sarig‘i va un solinib, yumshoq xamir qoriladi. Xamirni 5 ga bo‘lib, xar bir bo‘lagini selofanga o‘rab, yana muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi. So‘ng, xar bir zuvalani yoyib, 50 grdam xona xaroratida yumshagan margarin surtiladi.

0059fc55-1f34-4fb1-8513-93327f6de1f7

 

 

 

 

 

 

 

 

50bdf1fc-ed7b-42d0-9125-07a0e0eea6f2

Yoyilgan xamirga qiyma solinib, rasmda ko‘rsatilgan shaklga keltirib o‘raladi. Duxovka listiga oysimon shaklda qo‘yilib, ustiga tuxum sarig‘i surtilib, sedana sepiladi va o‘rta olovda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.

a0965fd4-5a29-4c3c-b011-f662b1e8930e

 

 

 

 

 

 

 

 

362d7d55-7bf8-4ca8-8b5d-818ced9e86fb

Eslatma: Tayyor zuvalalarni muzlatkichda saqlagan holda ertalabki nonushtaga bittadan pishirish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Beka.Uz