Madaniyat

Go‘zallik borasida ko‘p beriladigan 7 savolga 7 javob

Go‘zallik doim parvarishga muhtojU turfa ikir-chikirlarga boy bo‘lgani uchun ham buborada savollar ko‘p bo‘lishi tabiiyBiz ayollar tomonidan yuz va tirnoq parvarishigaoid eng ko‘p beriladigan savollarni saralabularga mutaxassislarning javoblarinioldikQuyida ularni e’lon qilayapmiz.

30 yoshdan keyingi parvarish

— Yoshim 33daso‘nggi yillar yuzimdagi teshikchalar tobora kengayib borayotganinisezayapmanSababi nimadaDavosi bormi?

OlimaJizzax

— 30dan keyin ko‘pincha yog‘li teridagi teshiklar kengayish xususiyatiga ega. Odatda, bunday terili ayollar o‘smirlik davrida yuziga turli toshmalar, husnbuzarlar toshishidan aziyat chekkan bo‘lishadi. O‘sha paytdan boshlab terini yog‘sizlantiradigan vositalarga o‘rganib qolashadi. Bu vositalarni muntazam qo‘llash esa vaqt o‘tishi bilan terini nafaqat yog‘sizlantiradi, balki quritib yuboradi, tonusini susaytiradi. Natijada teshiklar kengayib ketadi.

Uy sharoitida teri yog‘liligini kamaytirish bilan birga uni namlantirib turadigan vositalarni to‘g‘ri, mutanosiblikda qo‘llash teshikchalarning torayishi va sezilmay ketishiga olib keladi. Ayniqsa, yuzga niqoblar qilayotganda shu prinsipni mahkam ushlash kerak. Kremlarni esa quyidagi tartibda qo‘llagan afzal: ertalab – terida yog‘ ajralishini nazorat qilib me’yorlashtiradigan, teri usti yaltirab qolishining oldini oladigan yog‘sizlantiruvchi krem; kechqurun – namlantiruvchi krem, chunki tunda yog‘ bezlari u qadar faol ishlamaydi, shu sababli ham tungi namlantirish foydali kechadi.

«Ajinlardan qutqaring

— Yoshim endigina 28 daammo ko‘zlarim atrofida chuqur ajinlar paydo bo‘layaptiUstigaustakko‘z tagim qorayib ham qolganBuning chorasi bormi?

KamolaUrganch

— Sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo siz ko‘zingiz atrofidagi qora aylana qay vaqtda paydo bo‘layotganiga e’tibor bering. Agar u bolaligingizdan mavjud bo‘lsa, ehtimol sizda anatomik moyillik majuddir, undan qutulish ancha qiyin. Agar qora doiralar vaqti-vaqti bilan yuzaga kelsa, demak muntazam charchoq holatida yuribsiz. Dam olishingiz kerak. Ajinlar esa mimik muskullarning haddan ortiq faolligi hamda terining quruqligi natijasidir. Zamonaviy kosmetologiya 25 yoshdan boshlab ajinlarga qarshi kurashni boshlashni tavsiya etadi. So‘zlaringizdan tushunish mumkinki, teringiz yupqa va ajin tushishga moyillik kuchli. Ajinga qarshi vositalardan to‘g‘ri foydalanish orqali bu muammoni nazoratda ushlab turishingiz mumkin.

Uy sharoitida ajinlar va qora dog‘larga qarshi kurashishda quyidagi vositalar qo‘l keladi:

  • Yuz gimnastikasi. Bo‘yin va yoqa sohasida qon turib qolishi ko‘pincha ko‘z atrofida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi.
  • Kontrast bog‘lamlar. Ko‘z atrofini navbat bilan avval muz yoki giyohlarning muzlatilgan qaynatmasi bilan, keyin esa issiq tampon bilan artish teri tonusini oshiradi, qora dog‘larni yo‘qotadi, qarilik alomatlarini ketkazadi.
  • Namlantiruvchi krem bilan ko‘z atrofini uqalash. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va tonusni ko‘taradi.
  • Agar bular ish bermasa, salonlarga murojaat qilib, maxsus muolajalar olish kerak.

«Chorasi faqat ukolmi?»

— Lablarim yoshligimdan chiroyli ediammo so‘nggi paytda ularning hajmi kichrayibatrofida mayda ajinlar paydo bo‘layaptiBunga qarshi qanday kurashish mumkin?

OyzodaGuliston

— Tish-jag‘ skeletining buzilishi, tishlar to‘kilishi, gormonal o‘zgarishlar shunday muammoga olib keladi. Lab chetida ko‘ndalang ajinlarning paydo bo‘lishi o‘z tashqi ko‘rinishingizga jiddiy e’tibor beishingiz kerakligidan dalolat. Chunki aynan shu ajinlarni yo‘qotish qiyin va aynan ular yoshingizni katta ko‘rsatadi.

Vaziyatni turli in’yeksiyalarsiz to‘g‘irlasa bo‘ladimi? Afsuski, yo‘q. Ajinlar yuzaga keldimi, demak siz uy sharoitida ularning oldini olish paytini boy bergansiz. Lab atrofini parvarishlash xuddi ko‘z atrofini parvarishlashdek ancha erta boshlanishi va muntazam olib borilishi kerak. Salonlarda bu muammoni bartaraf etish uchun gialuron kislota teri ostiga yuboriladi, lab atrofi tonusini oshirish uchun plazmolifting usulidan foydalaniladi.

«Keskin ozgandim…»

— Avval do‘mboqqina edimto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar tufayli ozdimEndiqomatim chiroyli bo‘lgani bilanbo‘ynim osilibyuz terim shalvirab qolganYuzbo‘yinva dekolte hududi terisining tonusi yo‘qolishi muammosi haqida ma’lumot bersangiz.

MadinaToshkent

— Keskin vazn yo‘qotish hamda yosh kattalashib borishi sabablaridan yuz ovali o‘zgaradi, baqbaqalar osilib qoladi, teri tonusi tushadi. Shuningdek, qadni tik tutib yurmaslik yosh ayollarda baqbaqa va dekolte hududi terisining osilib qolishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan sababdir. Bu muammoni bartaraf etish uchun teri va yuqori yelka sohasi tonusini oshiruvchi jismoniy mashqar, masalan, pilates bilan shug‘ullanish kerak.

Avvalo, ozishni niyat qilgan ayollar sport mashqlari kompleksini tanlar ekanlar, teri tonusini saqlab qolishga ko‘maklashuvchi mashg‘ulotlarni ham unutmasliklari lozim. Bu muammoni salonlarda plazmolifting va radioto‘lqinli lifting usullarini uyg‘unlashtirish orqali bartaraf etish imkoniyati ham mavjud.

Qo‘l parvarishi yoddan chiqmasin

— Qo‘llarim yoshimga nisbatan qari ko‘rinadiajinlari ko‘ppigment dog‘lari borBo‘lmasadoim ularni parvarishlab kelganmanMuammoni qanday bartaraf etsambo‘ladi?

NiginaSamarqand

— Asosiy sabab – noto‘g‘ri parvarish va insoliyasiya (quyosh nurlari ostida ko‘p bo‘lish). Qo‘l terisi juda yupqa va nozik. Shunga qaramay u doim quyosh nurlari, maishiy kimyo vositalari, jismoniy og‘irlik ta’sirida bo‘ladi. Demak ularni e’tibor bilan parvarishlab borish kerak. Buning uchun:

  • uy sharoitida yuzga niqoblar qilganingizda qo‘lingizga ham surtib olishni unutmang (haftasiga kamida 3 marta);
  • har safar qo‘lni yuvgach, unga maxsus krem surtishni ham odatga aylantiring;
  • sovuq kunlari qo‘llaringiz muzlashga ulgurmay qo‘lqop kiyib oling;
  • maishiy kimyo vositalariga murojaat qilishdan avval qo‘lingizga krem surtib, rezina qo‘lqopdan foydalaning. Shunda bir vaqtning o‘zida ham qo‘l terisini oziqlantirasiz, ham uy ishlaringizni bajarasiz. Salonlarda qo‘llarning yoshartirish bo‘yicha qator muolajalar amalga oshiriladi. Masalan, qo‘l barmoqlari mezoterapiyasi, biorevitalizatsiya, plazmolifting, konturli plastika shular jumlasidan. Bu muolajalarning har birini mutaxassis qo‘lning ahvoliga qarab tanlaydi va sizga u haqida batafsil tushuntirib beradi.

«Akrilmi yoki gel

— Sun’iy tirnoq o‘stirmoqchi edimIkki usulni taklif etishdiakril va gel yordamidaQay birini tanlashni bilmay boshim qotganShu ikki usulning kamchilik vaafzalliklari haqida ma’lumot bersangiz.

ParizodChirchiq

— Gel texnologiyasi bilan qilingan sun’iy tirnoqlar juda chiroyli va tabiiy ko‘rinadi. Gel tirnoqqa qo‘yilishi bilan tez qotadi va darhol silliq va yaltiroq qatlam xosil qiladi. Shuningdek, gelning kimyoviy tarkibi terini yallig‘lantirmaydi, allergiya qo‘zg‘amaydi. Lekin ikki kamchiligi bor: qimmat va mo‘rtroq. Ya’ni akrilga nisbatan mo‘rtroq. Gelli tirnoqlarni avaylash, keskin harakatlar qilmaslik, og‘ir yumushlarni bajarmaslik kerak. Akril tirnoqlarning afzalligi pishiqligi va arzonligidadir. Lekin akril tarkibiga kiruvchi metilakril va akril kislotalari terini yallig‘lantirishi va o‘zingizning tirnoqlaringizni zaiflashtirib qo‘yishi mumkin. Shuningdek, akril qatlam qalin bo‘lgani uchun tirnoqlar biroz notabiiy ko‘rinadi. Yana akrillash jarayonida chiqadigan badbo‘y hid ham bu usulning kamchiliklaridan hisoblanadi.

Korreksiyaga marhamat!

— Sun’iy tirnoq qo‘ydirib barmoqlarni chiroyli qilib olish mumkinammo vaqt o‘tishibilan bu tirnoqlar mutaxassis tomonidan korreksiyalab turilishi kerakliginieshitdimBu korreksiya qancha vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi?

ZulfiyaQarshi

— Ilk korreksiya sun’iy tirnoq qo‘yilgandan ikki hafta o‘tgach amalga oshiriladi. Bu tirnoqning naqadar yaxshi o‘rnashganini, tanlangan material teri va haqiqiy tirnoq bilan qay darajada chiqishib ketganini tekshirish uchun qilinadi. Keyingi korreksiyalarni 2-3 haftada bir amalga oshirish kerak. Shunda tirnoqlaringiz uzoq vaqt chiroyli bo‘lib, ko‘zingizni quvnatadi.

ShAHINA tayyorladi

Manba: Darakchi.uz