“Go‘zallikning milliy sarchashmalari” loyihasi turli-tuman, hattoki, eng kam sonli millatlar ayollariga xos bo‘lgan go‘zallik orqali dunyoning ajoyib etnik xilma-xilligini ochib beradi.
Tashkilotchilar o‘z etnosining yorqin namoyondalarini qidirmoqda, ular kamida uch avlodi toza qonli bo‘lgan, yuzi to‘g‘ri bichimli va tabiiy go‘zallikka ega bo‘lishi kerak. Bugungi kunda loyihada 50 dan ortiq millat vakilalari ishtirok etdi.
Loyiha muallifi Natalya Ivanova — rossiyalik fotosuratchi va fotojurnalist. U etnik guruhlar o‘rtasidagi tenglik va bag‘rikenglik g‘oyasini hayotga tatbiq etish va odamlarga yetkazish muhim deb hisoblaydi.
[caption id="attachment_12257" align="aligncenter" width="1000"] Qabillar, armanlar, gruzinlar[/caption]
Kabillar — Jazoir shimolidagi berberlar guruhi xalqi. Ularning ko‘pchiligi muhojirlikda, asosan, Fransiyada yashaydi. Aholining umumiy soni 6,5 million kishi.
Armanlar — Armaniston xalqi. Soni 8 million kishi.
Gruzinlar (kartveleblar) — asosan Gruziya chegaralari ichkarisida yashaydi, shuningdek, Turkiyaning sharqiy viloyatlari va Eronning ichki tumanlarida ham uchraydi. Soni 6 million kishi.
[caption id="attachment_12256" align="aligncenter" width="1000"] Qalmiqlar, xan, buryatlar[/caption]
Qalmiqlar — G‘arbiy Mo‘g‘uliston xalqi, asosan Qalmiqiston Respublikasida yashaydi. Soni 200 ming kishi.
Xan — Yerdagi xalqlar orasida soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi (Yer aholisining 19 foizi). Xitoy, Gonkong, Makao va Singapurda yashaydi. Soni 1,3 milliard kishi.
Buryatlar — Buryatiya, Buryatiyaning Ust-O‘rda muxtor okrugi, Agin muxtor okrugining tub aholisi. Rossiyadan tashqarida esa Shimoliy Mo‘g‘uliston va Xitoy shimoli-sharqida yashaydi. Umumiy soni 520 ming kishi.
[caption id="attachment_12253" align="aligncenter" width="1000"] Uyg‘urlar, oltoylar, o‘zbeklar[/caption]
Uyg‘urlar — Sharqiy Turkiston, hozirgi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani (Xitoy)ning tub aholisi. Soni 11 million kishi.
Oltoylar — Oltoy Respublikasi xalqi. Soni 71 ming kishi.
O‘zbeklar — O‘zbekistonning asosiy va tub aholisi. O‘zbeklarning katta qismi Afg‘oniston, Tojikiston, janubiy Qozog‘iston, janubiy Qirg‘iziston, shimoliy va sharqiy Turkmanistonda yashaydi. Soni 29 million kishi.
[caption id="attachment_12254" align="aligncenter" width="1000"] Osetinlar, boshqirdlar, qo‘miqlar[/caption]
Osetinlar asosan Kavkaz, Rossiya va Gruziyada yashaydi. Umumiy soni 700 ming kishi.
Boshqirdlar — turk tilida so‘zlashuvchi xalq bo‘lib, Boshqirdiston Respublikasi va shu nomli tarixiy viloyat hududida yashaydi. Janubiy Ural va Uralbo‘yining tub xalqi. Umumiy soni 2 million kishi.
Qo‘miqlar — Dog‘istonning tub xalqlaridan biri. Soni 505 ming kishi. Dog‘iston Respublikasi, Shimoliy Osetiya, Xanti-Mansiysk muxtor okrugi va Chechenistonda yashaydi.
[caption id="attachment_12255" align="aligncenter" width="1000"] Qozoqlar, chechenlar, cherkaslar[/caption]
Qozoqlar — Qozog‘istonning asosiy aholisi. Qozoqlar azaldan Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston va Turkmanistonning Qozog‘iston bilan chegaradosh tumanlarida, shuningdek, Mo‘g‘uliston g‘arbida yashab keladi. Umumiy soni 14,5 million kishi.
Chechenlar — Chechenistonning asosiy aholisi. Shuningdek, Dog‘iston, Ingushetiya, Gruziyada ham yashaydi. Umumiy soni 1,55 million kishi.
Cherkaslar — Kabardin-Bolqor, Adigeya, Qorachoy-Cherkas va Krasnodar o‘lkasining tub aholisi. Soni 3 million kishi.
[caption id="attachment_12258" align="aligncenter" width="1000"] Volof, martiniklar, kongo[/caption]
[caption id="attachment_12266" align="aligncenter" width="1000"] Eve, fulbe, gaitiliklar[/caption]
[caption id="attachment_12269" align="aligncenter" width="1000"] Ani, kaboverdinlar, gvadeluplar[/caption]
[caption id="attachment_12264" align="aligncenter" width="1000"] Reyunonlar, bengallar, hindi-mavrikiylar[/caption]
[caption id="attachment_12263" align="aligncenter" width="1000"] Shlyox, tunisliklar, riflar[/caption]
[caption id="attachment_12259" align="aligncenter" width="1000"] Abazinlar, ingushlar, shugnanlar[/caption]
[caption id="attachment_12260" align="aligncenter" width="1000"] Nemislar, fransuzlar, lezginlar[/caption]
[caption id="attachment_12261" align="aligncenter" width="1000"] Daniyaliklar, lotaringlar, tatarlar[/caption]
[caption id="attachment_12262" align="aligncenter" width="1000"] Belaruslar, ruslar, finlar[/caption]