Zarur masalliqlar: 4-5 ta kartoshka, bitta o‘rtacha kattalikdagi gulkaram, 2 stakan smetana, 2 ta pomidor, 100 gr. pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, tuz, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: 1. Gulkaramni qaynab turgan tuzli suvga solib, 15 daqiqa qaynating. Pishgach, bo‘laklarga ajrating. Kartoshkalarni archib, xalqa shaklida to‘g‘rang.
2. Mayonezga tuxum va tuzni aralashtiring. Pomidorlarni xalqa shaklida to‘g‘rang.
3. Toblama tayyorlash uchun ishlatiladigan idish yoki qolipning tagiga ozgina o‘simlik yog‘i surting. So‘ng to‘g‘ralgan kartoshkalarni bir qavat qilib tering. Ustidan bir qavat gulkaramni joylang. Smetana terilgan masalliqlar ustidan quying. Shu ketma-ketlikda kartoshka va gulkaramni joylaysiz, har qavatiga smetana quyasiz. Eng ustki qavatiga pomidorlarni terib, aralashtirilgan mayonez quying va ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqdan seping. Gulkaramli toblama 170 daraja qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz