Bilasizmi?

Gulqog‘ozdagi dog‘larni ketkazish uchun...

Yuviladigan gulqog‘oz (oboy)dagi dog‘larni ketkazish uchun 2 osh qoshiq iste’mol sodasiga biroz miqdorda suv qo‘shing. Aralashma tish pastasi quyuqligida bo‘lishi kerak. Undan biroz olib, yumshoq mato yordamida gulqog‘ozning dog‘li joyini ishqalang. So‘ngra qog‘oz salfetka bilan tozalang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi