Bilasizmi?

«Haj» yoki «Umra» ziyoratiga borish uchun qayerga ariza topshirish kerak? (to‘liq qo‘llanma)

Azon.uz sayti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita saytidagi ma’lumotlaridan foydalangan holda, bu savolga javob berishga harakat qiladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan 2013 yil 6 fevral kunida qabul qilgan «Tartib» safarga borish tartiblarini belgilab beradi. Mazkur tartibga ko‘ra, Haj va Umra safarlariga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar hujjatlarini qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

-«Haj» va «Umra» ziyoratlariga borish uchun arizachi doimiy yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etishi lozim.

– Fuqarolarning «Haj» va «Umra» tadbirlariga borish uchun arizasi ularning doimiy yashash joylaridagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qo‘yib boriladi.

– Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi arizani qabul qilib olgandan so‘ng arizachiga ro‘yxatda turganligini aks ettiruvchi ma’lumotnoma taqdim qiladi.

– Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan fuqarolar tashkiliy guruh tomonidan chaqirtiriladi va hujjatlari rasmiylashtiriladi.

– «Haj» va «Umra» tadbirlariga borish uchun ro‘yxatda turgan fuqaroning o‘z navbati kelganda muayyan sabablarga ko‘ra ziyoratga borish imkoni bo‘lmasa, u ariza bilan navbatini keyingi yilga orqaga surishi mumkin.

– Ikki yildan so‘ng ham fuqaroning muayyan sabablarga ko‘ra ziyoratga borish imkoni bo‘lmasa, uning navbati bekor qilinadi.

– Fuqaroning navbati bekor qilinganda uning o‘rniga navbatda undan keyin turgan fuqaro ziyoratga borish huquqiga ega bo‘ladi hamda bu haqda ziyoratga borish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro xabardor qilinadi.

– Navbati bekor qilingan fuqarolar «Haj» va «Umra» tadbirlariga borish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga qaytadan yoziladi.

– Navbatda turgan fuqarolarning o‘z navbatini o‘zaro almashtirishiga yoki uni ro‘yxatda turmagan fuqarolarga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

– Tashkiliy guruhlar tegishli yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolardan o‘zlari hisobda turgan tibbiyot muassasalaridan salomatligi, ziyoratga borishga qodir ekanligi haqidagi ma’lumotnomani va rangli fotosuratlarini qabul qilib oladi. Tegishli yilda «Haj» va «Umra» ziyoratlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha shartlar mavjud. Jumladan, muqaddas safarga mumkin qadar ko‘proq fuqarolarimizning borishlarini ta’minlash maqsadida «Haj» safariga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi besh yil mobaynida «Haj»ga, «Umra» ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan fuqaro esa oxirgi ikki yil mobaynida «Umra» yoki «Haj»ga bormagan bo‘lishi sharti kiritilgan.

Shuningdek, islom dini ta’limoti talablariga ko‘ra, «Haj» va «Umra» ziyoratlariga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar voyaga yetgan bo‘lishi va 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mahramlari (eri, otasi, o‘g‘li, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borishi hamda mahram ekanligini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etilishi lozim. Ziyoratchilarning safar to‘lovlari, chet elga chiqish uchun Saudiya Arabistoni vizasini rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda safaroldi mashg‘ulotlarini o‘tkazish kabi barcha ishlar «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ko‘pchilik yoshi ulug‘larimiz tomonidan yoshlarini, kasalliklarini, nogironliklarini e’tiborga olib navbatdan tashqari haj yoki umra safarlariga jo‘natishni so‘rab murojaatlar kelib tushmoqda. Nogironlarga, mehnat va urush faxriylariga, Vatanimizni himoya qilishdagi fidokorona xizmat ko‘rsatgan fuqarolarga hukumatimiz tomonidan turli imtiyozlar yaratib beriladi. Ammo, haj va umra ziyoratlari sof diniy amal bo‘lganligi hamda hozirda navbatda turganl