Asal ilgaridan bizning organizmimiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlardan biri deb e’tirof qilinadi. Tabiiy asalning tarkibidagi zarur fermentlar va qarish jarayonini sekinlashtirish qobiliyati unga superfud degan faxriy nomni in’om qilgan.
Agar siz har kuni asal iste’mol qilishni boshlasangiz, organizmingizda nimalar yuz berishi haqida ushbu maqolamizdan bilib olasiz.
Teri toza bo‘ladi
Asal tabiiy antioksidant hisoblanadi, ya’ni u organizmni ortiqcha toksinlardan tozalashga yordam beradi. Antibakterial xususiyati tufayli esa u teringizni tozalaydi.
Vaznni kamaytiradi
Asal tarkibidagi shakar biz har kuni iste’mol qiladigan shakardan farq qiladi. Vazningizni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, shirinliklarni asal bilan almashtirishga harakat qiling.
Qondagi shakar miqdori
Asal tarkibidagi fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi organizmga qondagi shakar miqdorini tartibga solishga va xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Yurak kasalliklari
Asal tarkibidagi flavonoidlar va antioksidantlar yurak-tomir kasalliklari paydo bo‘lish xavfining oldini oladi. Tadqiqotlar asalning insultga olib keluvchi jarayonga to‘sqinlik qiladigan qondagi xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtirishini isbotladi.
Alvido, toksinlar
Asal va iliq suv — hazm qilish tizimidan zararli chiqindilarni yuvishga yordam beradigan eng yaxshi birikma hisoblanadi. Buni qo‘l ostidagi vositalar yordamida uy sharoitida detoksikatsiya qilish deb ham aytish mumkin.
Immun tizimi
Asal immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ba’zi xususiyatlarga ega. Asosiysi, faqat sizni ko‘plab noxush bakteriyalardan himoya qiladigan fermentlar, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan organik asal sotib oling.
Manba: Daryo.uz