Bilasizmi?

Hayotda baxt- saodatga qanday erishamiz?

Baxtiyorlik irsiy omillar ila ta’sir qiladigan xususiyatdir.  Xuddi qondagi xolesterin miqdorini ko‘tarilishiga o‘xshaydi.  Lekin xolesterin miqdorining  ko‘tarilishi ozuqa va jismoniy mashqlardan ham bo‘ladi. Baxtiyorligimiz esa  shaxsiy boshqaruvimiz orqali amalga oshadi.  Sizlarga hayotingizdan rozilik darajasini ko‘taradigan  ba’zi o‘zgarmas qonunlarni keltiramiz.

  1. Doimo baxtni his qilish, faqat moliyaviy yutuqlar bilangina amalga oshmaydi. Inson tabiiy holatlarning o‘zgarishi orqali rohatlanadi yoki bo‘lmasa baxtsiz bo‘ladi.  Bunday holatlar boylik kelganida yoki bo‘lmasa uni qo‘ldan chiqarganda hosil bo‘ladi. Sog‘liq ham bir baxtdir. Uning  yo‘qligi baxtsizlikning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Yutuqqa erishish sog‘liq bilan yoki bo‘lmasa kuchli xohish bilan ham amalga oshadi.  Lekin bular ham baxtni kafolatlamaydi.
  2. Vaqtingning hokimi bo‘l. Insonlar doimo o‘z hayotlarining  hokimi bo‘lganlarida, o‘zlarini baxtiyor sezadilar. Bu ko‘pincha vaqtlarni namunali boshqarishdadir. Vaqtni namunali boshqarish,  asosiy yo‘nalishni yaxshi shaklda  belgilab olish yordam beradi. Albatta ko‘pchiligimiz kun davomida  qiladigan ishlarimizni kuchimiz yetmaydigan darajadagi uzun ro‘yxatga bitib olamiz. Oxiri muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz. Bir kunga yuklagan ishlarimizni aslida bir yilga bo‘lishimiz yaxshidir. Har kuni oz- ozdan bajarsak muvaffaqiyat qozonamiz.
  3. Baxtiyor bo‘lishni o‘z tasarrufimizga olish. Ba’zida zehnimizda muayyan holatlarni gavdalantiramiz. Ba’zida yuzimizga tabassum yugursa o‘zimizni baxtiyor sezamiz. Lekin  peshonamizni tirishtirsak,  yuzimiz mahzunga o‘xshab ko‘rinadi.  Agar yuzimiz xotirjam ko‘rinsa, o‘zimizni baxtiyor sezamiz.  Yaxshi ishlarning  yuzaga kelishi harakatlar bilan boshlanadi.
  4. Harakatga harakatni ergashtirish. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish. Mashqlarni sihatni yaxshilash uchun emas, balki  g‘amginlik va notinchlikdan  xalos bo‘lishning oddiy ko‘rinishi sifatida qabul qilish. Faylasuf Aflotun aytganidek, sog‘lom tanda — sog‘ aql.
  5. Uyqudan yetarlisini oling. Odamlar baxtiyorlikni faol va tirishib yashashda deb biladilar. Lekin ular shu bilan birga uyqulariga ham alohida e’tibor berishadi. Yaxshi va o‘z vaqtidagi uyqu faollikni yangidan boshlashning asosiy garovidir.  Ko‘pchilik insonlar kam uxlash oqibatida, hayotlarida salbiy oqibatlarga duchor bo‘lmoqdalar.
  6. Yaqinlar bilan aloqani yaxshilash. Yaqin do‘stlaringizning ishlariga e’tiborli bo‘ling, ularning tashvishli vaqtlarida yonlarida turing, ishonchlarini qozoning. Bu ruhiy va jismoniy ozuqadir. Yaqinlar bilan aloqani yaxshilashga doimo uruning. Buni yaqin qarindoshlardan boshlash yaxshi. Ularga lutf bilan muomala qiling, ko‘maklashing va ular bilan birga vaqtingizni maroqli o‘tkazing.
  7. Odamlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligingizni kuchaytiring. Saxovat to‘la qo‘llaringizni  muhtojlarga cho‘zing va ularning ehtiyojlarini qondirishga qo‘lingizdan kelganicha harakat qiling.  Baxtiyorlik,  boshqalarga hadyalar berib, ularning baxtiyor yuzlarini ko‘rishdir. Ammo faqat hadyalarni berish emas, balki, yaxshiliklar qilish ham, odamlarga baxt ulashish ham baxtiyorlikning omilidir.
  8. Matonatli, sabrli va azmu qarorli bo‘ling. Har kuni odamlarda hayotdan minnatdorlik hissini uyg‘otishga harakat qiling. Bunda salomatlik, do‘stlar, oila, ilm, qiziqish kabi tabiiy holatlardan mamnun bo‘lish hissini uyg‘otishning o‘zi kifoya.                                                                                                                                                                                                                                   Manba: Muslimaat.uz