Madaniyat

Husnbuzarlar “gullamasligi” uchun

Bahor kelishi bilan yuzimda husnbuzarlar ko‘payadi. O‘smir yoshida emasman. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Shoira. Termiz

Savolga oliy toifali dermatolog shifokor Nodira Rizayeva javob beradi

— Teri kasalliklarining kuchayishi ko‘pincha bahoriy mavsumga to‘g‘ri keladi. Aprelda paydo bo‘ladigan husnbuzarlar nafaqat balog‘at yoshdagilarda balki 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda ham paydo bo‘ladi. Buning sababi, mavsumiy omillar ta’sirida organizm yog‘ bezlarining o‘z ishini bajara olmasligida. Bu paytda mikroorganizmlar aktivlashib teriga yomon ta’sir qiladi. Bahorda bu muammodan xalos bo‘lish uchun taomnomada vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni kupaytirish va yog‘li hamda shirinliklar ist’yemolini kamaytirish tavsiya etiladi.

Manba: Darakchi.uz