Ruhshunoslar nima uchun odam, noto‘g‘ri bo‘lsa ham o‘z fikrini himoya qilishi va bunga bog‘liq ravishda noto‘g‘ri qaror qabul qilishini aniqladi. Gap shundaki, biz kelib tushuvchi ma’lumotlarga yanglish munosabatda bo‘lishga va uni o‘zimizcha izohlashga moyilmiz.
Taxminiylikning tasdig‘i mavjud
Tasavvur qilingki, siz o‘zingizni biron-bir yangi mashg‘ulotda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldingiz va birinchi marta, masalan, yoga mashqlariga bordingiz.
Siz kiyimingiz unchalik mos emasligidan yoki boshqalardek mashq bajara olmasligingizdan tashvishlanayapsiz. Yonma-yon turgan odamlarning har bir kulgisini o‘zingizga olasiz. Hamma sizning tajribasizligingiz ustidan kulayotganiga ishonasiz. Va nihoyat, siz o‘zingizga hech qachon u yerga qaytib bormaslikka so‘z berasiz.
Bu hodisa ruhshunoslikda taxminiylikning tasdig‘i deyiladi. Bu odamning o‘z fikri tasdiqlayotgan ma’lumotni izlash, uni o‘zicha izohlash va esda saqlashga moyilligidir.
Bu bizning hayotimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Taxminiylikning tasdig‘i biz qabul qilayotgan har bir qarorga ta’sir ko‘rsatadi. Xaridlar, salomatlik, martaba, munosabatlar, moliya, hissiyotlar — bu moyillik, hatto uni biz payqamasak-da, bizning har bir tanlovimizga o‘z tamg‘asini bosadi.
Buni qanday yengish mumkin?
Qiziquvchan bo‘ling va shubhalanishni kamaytiring
Agar biron-bir odam bilan qanday bo‘lmasin o‘z fikringizda qat’iy turish maqsadida suhbatlashishga kirishsangiz, siz taxminiylikning tasdig‘i ta’siriga tushasiz.
O‘z haqligingizni isbotlashga urinmang. Dunyoni o‘rganing va hamma narsaga bebaho tajribaga qaragandek qarang. O‘zingizga xato qilishga imkon berish bilan, siz ko‘plab yangi narsalarni bilib olasiz.