O‘zbekistonda ishlovchi shifokor pensionerlarga nafaqa to‘liq miqdorda to‘lanadi. Ushbu yangicha tartib Normativ huquqiy hujjatlar muhokama qilish portalida umumiy muhokama qo‘yilgan prezident qarori loyihasida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka ko‘ra ishlayotgan shifokor pensionerlar ish haqlarini 100 foiz, pensiyalarini esa 50 foiz miqdorda olishadi.
Shuningdek, ushbu qaror loyihasida xususiy tibbiyot tarmog‘i va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha boshqa yangiliklar bayon etilgan.
Ushbu hujjat loyihasi 2017 yil 16 noyabriga qadar muhokama qilib, 27 noyabrdan kuchga kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasini o‘qib, sohaga daxldor kishilar u haqdagi fikr mulohazalarini bildirishlari mumkin.