Bilasizmi?

Isiriq - teri kasalliklarida foydali

Foydali xususiyatlari:

  • shamollash;
  • uyqusizlik;
  • teri kasalliklarida foydali;
  • peshob va ter ajralishini me’yorlashtiradi;
  • ichaklardagi bodlarni haydaydi.

Nojo‘ya ta’siri: ortiqcha miqdorda qabul qilish mushaklarni bo‘shashtirib yuborishi mumkin.

Kimlarga mumkin emas? Issiq mijozlilarga isiriqli damlamalar tavsiya etilmaydi. Chunki bosh og‘rishi, yurakni behuzur qilishi mumkin.

Retsept: 1. Bosh og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa, isiriqli vanna qabul qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 1 bog‘ isiriqni 1 chelak suvda qaynatib, dokadan o‘tkaziladi va vannaga to‘ldirilgan suv bilan aralashtiriladi.

2. Tizza suyaklari og‘risa, bir siqim isiriqni 400 ml suvda 5 daqiqa qaynatib, tindiriladi. So‘ng paxtani damlamaga botirib, og‘riq berayotgan joyga yengil uqalab surtiladi. Muolaja davomiy tarzda bajarilsa, tizza og‘riqlari bezovta qilmaydi.

Manba: Darakchi.uz