Salomatlik

Iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan xavfli mahsulotlar

Supermarket rastalarida ko‘p miqdordagi turli mahsulotlarni uchratish mumkin. Biroq ularning qay biri salomatligingiz uchun xavfli ekanligini bilishingiz zarur. Mutaxassislar quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ratsioningizdan butunlay chiqarib tashlashni tavsiya etadi:

Shirali makkajo‘xori tayoqchalari va bodroq

2794236_40433thumb500

Agar makkajo‘xori tayoqchalarini xarid qilsangiz, u shirali bo‘lmasin, chunki ishlab chiqarishda shakardan foydalanilmaydi. Shakar 140 darajada kuyib ketadi, shuning uchun shakar o‘rnini bosuvchi moddalar, xususan siklomatdan foydalaniladi.

Marmelad

shutterstock_947164721

Bugungi kunda marmeladlar “kimyoviy sanoat mo‘jizalari” deya ta’riflanadi va sog‘liq uchun o‘ta zararli ekanligi ta’kidlanadi.

Gen-injeneriya mahsulotlari

2794221_49400thumb500

Bular yer yong‘oq (zaharli petuniya geni kiritiladi, shuning uchun uni hatto hasharotlar ham yemaydi), konservalangan ko‘k no‘xat, konservalangan makkajo‘xori, chet eldan keltirilgan kartoshka, qisqichbaqa tayoqchalari, kakao.

Natriy glutamati

Tarkibida E-621 qo‘shimchasi (natriy glutamati) bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. U ta’m kuchaytirgich bo‘lib, bugungi kunda siz umuman kutmagan mahsulotlarga ham qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mahsulot o‘ramini albatta o‘qib ko‘ring.

So‘riladigan konfetlar

2794222_43254thumb500

Bunday shirinliklarda juda kuchli kimyoviy essensiya qo‘llaniladi. Biroz nam konfetni dasturxon ustida qoldirsangiz, unga zarar yetganini ko‘rishingiz mumkin. Oshqozonga qanday ta’sir qilishini tasavvur etavering.

Shakar o‘rnini bosuvchi moddalar

Bunday moddalarda kaloriya bo‘lmasligi yaxshi, ammo ular kuchli ochlik hissini keltirib chiqaradi. Gap shundaki, shirin ta’mni his qilgach, qizilo‘ngach uglevodlar porsiyasini kutadi, biroq bunday bo‘lmaydi. Shundan keyingi 24 soat ichida organizmga tushgan har qanday uglevod kuchli ochlikni keltirib chiqaradi.

Trans-yog‘lar

Six different fats on spatulas and spoons

72,5 foizlik yog‘ni yeyish kerak emas, bu vodorod bilan parchalangan past navli o‘simlik yog‘idir. 82,5 foizdan past yog‘ bo‘lmaydi.

Tabiiyga o‘xshash aromatizatorlar, bo‘yoqlar qo‘shilgan bo‘tqa va yormalar

Bular nok, qulupnay, banan kabilar ta’mi va hidini beruvchi  kimyoviy moddalardir. Bu yerda tabiiy narsa yo‘q.

Nimtatir tuzlangan qizil ikra

2794218_39948thumb500

Qizil ikra uzoq vaqt saqlanmaydi. Faqat muzlatilgan yoki kuchli tuzlangan holdagina uzoqroq saqlanishi mumkin. Agar nimtatir qilib tuzlangan bo‘lsa, demak unga urotropin yoki limon kislotasi qo‘shilgan bo‘ladi.