Bilasizmi?

Jalyuzini tozalaymiz!

Jalyuzi quruq mato va changyutkich bilan tozalab turilsa-da, yilda bir marta yuvishga to‘g‘ri keladi. Bu uning qanday matodan ishlanganiga ko‘ra farqlanadi.

  • Matodan tayyorlangan jalyuzida maxsus himoyalovchi modda bo‘lib, uni zararlab qo‘ymaslik kerak. Buning uchun jalyuzi lamellari (qator pardachalari)ni yechib, rulonlarga o‘rab, sovunli suvga botirib qo‘ying. Ularni aslo ishqalash mumkin emas. Alohida idishda toza suvda chayib, ho‘lligicha osib qo‘ying.
  • Yog‘och, plastik va metall jalyuzilarni yuvish shart emas. Ularni quruq gubka va mato bilan (zarur bo‘lsa iliq yoki sovuq suvga botirib) artib turish kifoya.

Manba: Darakchi.uz