Salomatlik

Kalsiyga eng boy 4 ta oziq-ovqat

Kalsiy tish va suyaklar salomatligini ta’minlaydi. Maqolada ushbu vitaminga ega bo‘lgan va uning yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tamiz.

Ta’kidlash joiz, kalsiy mikroyelementi suyak to‘qimasiga kirib olishi uchun K vitamini ham zarur. Ham kalsiy, ham K vitamini yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ushbu ikki modda organizmga bir vaqtda tushsa, bu juda qulay. Bunday vaziyatda bir vaqtning o‘zida ham kalsiy, ham K2 (K vitaminining ikki shaklidan biri) manbasi hisoblangan muayyan mahsulotlar qo‘l keladi.

Pishloq

4

Qattiq pishloq (Parmezan)ning 100 grammida taxminan 7,1 mikrogramm K2 vitamini bo‘ladi. Shuningdek, naviga qarab, 100 gramm pishloqda 150 dan (eritilgan pishloq) 700 milligrammgacha (Gauda pishlog‘i) kalsiy bo‘ladi. Bundan tashqari, pishloq fosfor, sink, natriy, A vitamini, B guruhidagi vitaminlarga ham boy.

Losos balig‘i

2

100 gramm konservalangan lososda 200 milligrammgacha kalsiy va 0,5 mikrogrammgacha K vitamini mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu baliq tarkibida B guruhidagi vitaminlar, Omega-3 polito‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda bor.

Tovuq

5

Tovuq go‘shtida kalsiy ham, K2 vitamini ham ko‘p misdorda uchraydi (100 grammda 27,5 mikrogramm). Shu bilan birga, tovuqning ko‘krak qismi parhez taom bo‘lib, uning 100 grammi 150—200 kkal kaloriyaga ega.

Sutda pishirilgan bo‘tqa

3

Uyda sutda pishirilgan bo‘tqaning (perlovka, guruch yoki bo‘g‘doy yormasidan) 100 grammi tarkibida taxminan 0,5 mkg K2 vitamini va 120 mg kalsiy bor.

Maqolani tayyorlashda “Lady.mail.ru” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.