Bilasizmi?

Kam uxlash nimaga olib keladi?

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uyqu yetishmasligi bosh miyaning emotsional markazlariga juda qattiq ta’sir ko‘rsatadi. Bu miyaning o‘rganish va xotira kabi jarayonlarida salbiy ravishda o‘z aksini topadi.

Tadqiqotchi Metyu Uolker va uning hamkasblari 26 nafar sog‘lom odamlar ishtirokida tajriba o‘tkazdi. Ba’zi ko‘ngilli ishtirokchilarga uxlash imkoni berildi, boshqalariga esa 35 soat davomida uxlashga ruxsat berilmadi.

Keyingi kun tadqiqotchilar tomonidan qatnashchilarning miyasi umumiy soni 100 ga yaqin turli xil tasvirlarni namoyish qilish chog‘ida tahlil qilindi. Avvaliga ular neytral (qoshiq yoki savatcha) tasviridan iborat edi, lekin asta-sekinlik bilan salbiy (akula yoki yirtqichning hujumi) tasviriga aylanib ketdi.

Xulosa qilib aytganda, yetarlicha uxlamagan odamlar salbiy hissiyotli tasvirlarga 60% faolroq e’tibor qaratadi. Tadqiqotchilar buni bosh miyaning peshona oldi qismida hissiyotlarni nazorat qilish vazifasining to‘xtatilishi bilan bog‘laydi.

Hozirgi zamonda odamlar kundan-kunga uyquga kamroq vaqt ajrata boshladi, lekin bu odamning fe’l-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda hech qachon unutmang.

Manba: Daryo.uz