Bu mazali va tejamkor taomni pazandalikdan umuman xabari yo‘qlar ham tayyorlay oladilar.
Masalliqlar
- 500 g go‘sht;
- O‘simlik yog‘i — qovurish uchun;
- 1 kg karam;
- 1 dona piyoz;
- 1 dona sabzi;
- 1 dona pomidor;
- ½ stakan qaynoq suv;
- shivit, tuz, murch — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlash
Go‘shtni yupqa qilib bo‘laklarga ajrating.
Tovada o‘simlik yog‘ini qizdiring, go‘shtni soling, biroz qovuring va uni 20 daqiqa o‘z suvida dimlang.
Yangi karamni yaxshilab yuving va to‘g‘rang.
Piyozni tozalang va yupqa qilib to‘g‘rang.
Sabzini tozalang va yirik qirg‘ichdan o‘tkazing.
Pomidorning po‘stini arching va kubik shaklida to‘g‘rang.
Go‘shtga piyoz, sabzi va pomidorni qo‘shing. Aralashtiring.
Karamni ham qo‘shing.
To‘g‘ralgan karamni oldin alohida o‘zini oltin rangga kirguncha qovurib olish ham mumkin. Bu taomga chiroyli ko‘rinish va xushbo‘ylik bag‘ishlaydi.
Biroz qaynoq suv quying va tovaning qopqog‘ini yopib qo‘ying.
Past olovda dimlang. Har 5-7 daqiqada aralashtirib turing. Agar sizga pishayotgan karamning hidi yoqmasa, tovaning ichiga bir bo‘lak qotgan non qo‘ying. Bu hidni ketkazishga yordam beradi. Taom tayyor bo‘lishdan oldin nonni olib qo‘yasiz.
Pishish vaqti karamga bog‘liq ravishda o‘rtacha 20-30 daqiqagacha davom etadi.
Ta’mi yoqimli chiqishi uchun tayyor bo‘lishdan 7-10 daqiqa oldin taomga bir choy qoshiqdan shakar va sirka qo‘shishingiz mumkin.
Taom quyuqroq bo‘lishi uchun un qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Tayyor bo‘lishidan 4-5 daqiqa oldin karamning har bir kilogrammi uchun bir osh qoshiqdan yog‘da qovurilgan yoki tovada quritilgan un qo‘shing.
Karam tayyor bo‘lgandan so‘ng tuz va murch qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring, ustini yoping va bir-ikki daqiqa qoldiring.
Dasturxonga tortishdan oldin sevimli ko‘katlaringizdan qo‘shing.
Manba: Daryo.uz