Agar tabiatan sizga nozikkina burun ato qilinmagan bo‘lsa, bu mummo emas. To‘g‘ri pardoz qilsangiz, kifoya.
1. Xaylayter surting. Eng asosiysi, xaylayter jilosiz va sizni yuz teringizdan 1-2 rangga ochroq bo‘lsin. Burun usti bo‘yicha chiziq torting. So‘ng uchiga nuqta qo‘ying.
2. Barmoq uchlarida xayleyterni burun terisiga singdiring, atroflari µam esingizdan chiqmasin.
3. Har doim ishlatadigan uvalanuvchi upaga mo‘yqalamni botirib oling, qoldig‘ini silkitib tushirib yuboring. Aylana harakatlar bilan ko‘zning ichki burchagi oldidan to burun teshiklarigacha keling, ikkinchi tomonda ham shu xolatni bajaring.
4. Ana endi hammadan go‘zalsiz!
Manba: «Sug'diyona» gazetasi