Kutubxona

"Kelin ham odam" yoxud chegaradan chiqishlarga yo‘l qo‘ymaylik

Nikoh faqat yigit va qiz o‘rtasida emasqarindoshlar aro ham rishtalarningbog‘lanishidirKelin yangi oilasidagi barchaning ko‘nglini olishiular bilan uyg‘unmunosabatlar o‘rnatishi kerakAfsuskikelinga nisbatan haddan oshishlarungacho‘ridek muomala qilishlar ham uchrab turadiBu masalaga jiddiy qarashuniumummilliy muammo sifatida muhokama qilish kerakzerooilalarimizningmustahkamligi shunga bog‘liqBugun erining qarindoshlari tomonidan zug‘um vabosimlar ostida qolgan kelinlar dardini tinglaymiz.

«Xizmatini qilib tuhmatga qoldim...»

— Qaynsinglimni deb ajrashish ostonasida turibmizErimning bir opasi va bir singlisi borQayinegachim turmushga chiqib ketganfe’li juda yaxshimenga sira ziyoni tegmaydiAmmoqayinsinglim hayotdan to‘ydirib yubordiJuda injiqtantiq qizKelinligimning ilkkunlariyoq ko‘ylaklarimni kiyib ko‘ribmenga shunisi yoqdideya indamay ikkitasini olib chiqibketganida lol qolgandimAmmo bu hali holva ekanTobora uning zug‘umlari ortib boraverdiertalab uxlab qolsa ham men aybdoryigiti bilan urishsa ham alamini mendan oladiakasitergasa ham menga jahl qilganUyda hamma ish mening zimmamdahatto ich kiyimlarini hamo‘zim qo‘lda yuvib (qimmatbahokir mashinada yuvmangdeydi), dazmollab beramanQaynonamdoim qizi tomonNecha marta erim shu singlisining gapi bilan meni do‘pposlaganOxirgijanjal telefondan chiqdiota-onam tug‘ilgan kunimga yangi telefon sovg‘a qilishgandiShunimenga berasizdeb turib oldiMen bu sovg‘abera olmaymanyaxshisibola pullarini yig‘ib sizgayangisini olib beraman desamjahl qildiErtasiga kelinoyim sinfdosh yigiti bilangaplashayaptidegan yolg‘on to‘qib akasiga chaqdiShu bilan qilmagan ishim uchun kaltak yedimXo‘rligim kelib ketdiendigina 18 ga chiqqan qiz hayotimni ostin-ustin qilib yubordi-yunaerimna oilaning kattalari miq etishmayaptiMenga ishonmagani uchun turmush o‘rtog‘imdanadolat qilishmagani uchun qaynona-qaynotamdan xafa bo‘ldim va birinchi marta uyimga ketibqoldimEndi u xonadonga borishga yuragim bezillayapti.

Charos, 27 yosh

— Kelin oilaning supurgisini ham sizlashi kerak, degan gap bor. Ya’ni oila a’zolarining har birining, hatto u yosh bola bo‘lsa ham, hurmatini joyiga qo‘yib, xizmatini so‘z demay bajarishi shart, degan aqida mavjud. To‘g‘ri, er va uning ota-onasi oldida xizmat qilish kelinlik burchidir. Oilaning kichik a’zolari esa kelinga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Kelinga hurmat uning eriga, ya’ni shu oilaning o‘g‘liga nisbatan ham hurmatdir. Xotiniga nisbatan bunday munosabatni er talab qilish kerak, bu bilan u ba’zilar aytgandek «xotin quli» bo‘lib qolmaydi, balki oilasining tinchini ta’minlagan, xonadonda adolat mezoning toshini tenglab qo‘ygan hisoblanadi. Endi qayinsingilga kelsak, hozircha qayinsingil sizning muammoingiz, ya’ni turmushga chiqib ketguncha. Oilalik bo‘lgach, bu fe’li bilan u, avvalo, ota-onasiga katta boshog‘riq bo‘ladi. Buni oilaning kattalariga tushuntiradigan odam kerak, balki ota-onangiz, balki mahalla xotin-qizlar qo‘mitasi aralashib hal etishar. Bo‘y yetgan qizning hulqi mahallada muhokama qilinishi qaynonangiz uchun foydali yechim emas, qizining tizginini tortib qo‘yadi. Faqat ishni bosiqlik bilan, janjallarsiz hal qiling. Oila — sizning baxtingiz, uni himoya qiling, aql va tadbir bilan, albatta. Bir yosh qizchaning injiqliklariga oilaviy baxtingiz, farzandingiz kelajagini qurbon qilmang.

«Qaynim qo‘l ko‘tardi...»

— Turmushga chiqayotganimda oilada qaynonamdan boshqa ayol yo‘qligi quvontirgandichunkiqaynegachiyu qaynsingillar haqida turli vahimali gaplarni eshitib qo‘rqib qolgandimLekinmuammo qilaman desaerkak kishi ham qilaverarkan. 21 yashar qaynim hayotimni zaharlayaptiIshsizligi uchun alamzadami yo fe’li o‘zi shundoqmi — bilmaymanammo meni turli talablaribilan ezib tashladiKun bo‘yi qadamimni poylaydikir yuvsam chala yuvibsiz deb qaytayuvdiradiovqatim ham yoqmaydiBir marta choy quyib berganimda xo‘plab og‘zini kuydirib oldiva nega qaynoq demadingizdeb piyolani dsturxonga uloqtirib yubordiBoshida bu qiliqlarinihyech kimga aytmadimammo oxiri erimga yorildimU ukamning fe’li shundoqsabr qil dediukasiga bir so‘z aytmadiKecha esa «Tuflimni tozalab qo‘ymabsizqandoq shaltoq xotinsiz», deb yelkamdan bir turtib yubordiBoshim devorga urildiMen kap-katta odamuyimda ota-onam bir chertmay katta qilishganerimdan kaltak yesam ham shunchalik xo‘rlanmasdimLekinshunchaki kelinligim uchun hurmat qilishim kerak bo‘lgan bir boladan bunday xo‘rliklar boshimgakelayotgani alam qiladiNima qilishga hayronman.

Umida, 26 yosh

— Sizga qayningiz nega bunday qilvyapti, balki o‘zingiz nimanidir boshidan noto‘g‘ri qilgandirsiz demaymiz, garchi shunday ehtimol bo‘lsa ham. Chunki bo‘layotgan ish oilaviy zo‘ravonlikka kiradi. Bu erkaklar bilan hal qilinadigan muammo. Albatta, qayningiz uylansa, vaziyat o‘zgarishi mumkin, ya’ni yo u xotiniga ko‘chiradi injiqliklarini, yo xotini qatori sizni ham hurmat qilib, tushuna boshlaydi. Lekin ungacha chidab turing, deya olmaymiz. Chunki voyaga yetgan erkak kishining ayolga qo‘l ko‘tarishi, ayniqsa, u kelinoyisi bo‘lsa, normal holat emas. Eringizga tushuntiring: «Men himoyachi sifatida sizdan yordam so‘rayapman, chunki u ukangiz bo‘lsa-da, erkak, men esa ojizaman», deng. Agar chora ko‘rmasa, boshqa erkaklar (dadangiz, aka-ukalaringiz)dan yordam so‘rashga majbur bo‘lishingizni ayting. Muammo jiddiyligini va yanada kattalashib ketishini anglagan turmush o‘rtog‘ingiz biror chora ko‘radi, albatta. Chunki erkaklar o‘z oilalaridagi mojarolarning boshqa erkaklar aralashuvi bilan hal etilishini istashmaydi. Nima bo‘lganda ham, bunga chidamang, jahlini tizginlay olmayotgan zo‘ravon qayningizga, albatta, chora ko‘rish kerak.

«Hamma menga qarshi birlashgan»

— Erim qo‘li yugurikko‘p uradiBir marta miya chayqalishi bilan shifoxonaga ham tushdimOnam keyinuyga olib ketdiu xonadonga bormaysanmenga sening joning kerakbolalaringgasog‘lom keraksandediShifoxonada erim ustidan shikoyat yozgandimammo keyin qaytariboldimChunki kelibuzr so‘rabyalinib olib ketdiUyda tilla bilaguzuklar sovg‘a qildiendiboshimga ko‘tarib yuraman dedi... Xullasturmush o‘rtog‘imga aql kiribdiendi hayotim tincho‘tadidegan umid paydo bo‘la boshlagandiAmmo unday emas ekanEndi erim urmashamma ishniqaynonam va qaynegachilarim qilishardiMen kelin bo‘lib tushmasimdan avval ham buoiladagilar o‘zaro ziddiyatlarni musht bilan hal qilib kelishganEndi birdaniga hamma mengaqarshi birlashdimeni uch qaynegachim bir bo‘lib urishdiYana shifoxonadamanyelka suyagimmajaqlanganjarrohlik amaliyoti qilish kerakOlti oylik chaqalog‘imni ko‘krakdanajratishga majburmanchunki qabul qilayotgan dori-darmonlarim unga yomon ta’sir qilishimumkinErim bolaga bir quti kasha ham olib kelmadiNega bunchalik xo‘rlanayapmanBolamningaybi nimada?

Komila, 24 yosh

— Oilada erkak tomonidan ayolga zo‘ravonlik — katta muammo. Lekin balo faqat shunda emas. Yuqoridagidek zo‘ravonlik boshqa oila a’zolari tomonidan ko‘pchilik bo‘lib amalga oshirilsa, bu ayolning joniga jabr. Axir u ona-ku, shu oilaning naslini davom ettiruvchisi! Uning salomatligi shu oilaning manfaati emasmi? Nahotki, oiladagilar shuni fahmlashmasa? Musht bilan muammolarni hal qilish, ochig‘ini aytganda, rivojlanishning qaysidir bosqichida qolib ketgan insonlarning ishi. Aql-idroki bor odam tadbirni, zabonni ishga solmaydimi? Birovning bolasiga jabr yetkazib, keyin Yaratgandan bo‘ladigan jazoni nahotki o‘ylashmasa? Albatta, hozirgi kelinlar ham o‘ziga yarasha, balki tili o‘tkirdir, balki ishga uquvi yo‘qdir, yo boshqa ayblari bordir. Lekin yoshi katta, ko‘pni ko‘rgan ayolning ishni shu yo‘l bilan hal etishi, bu — katta muammo. Bunday oilada farzand tarbiyalash qiyin. Keyin hayron bo‘lamiz, mushtumzo‘rlar yoki jur’atsiz, qo‘rqoqlar qayerdan paydo bo‘layapti, deb. Bu oilaning muammosini mahalla noziri, faollar hamda xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hal etish kerak. Chunki muammo birgina erning emas, butun oila a’zolarining fe’lida, odatlarida ildiz otib ketibdi. Kelinga esa iloji boricha tilni shirin qilishni, ziddiyatlarga aralashmasliknimaslahat beramiz.

Shahnoza TO‘RAXO‘JAYeVA

Manba: Darakchi.uz