Zarur masalliqlar (8 kishilik): 500 gr. marinadlangan qo‘ziqorin, 400 gr. qisqichbaqa tayoqchalari, 4 donadan qaynatilgan tuxum va bodring, 1 bog‘ kashnich, bitta kichik piyoz, mayonez, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum va qisqichbaqa tayoqchasini somoncha shaklida, qolgan masalliqlarni to‘rtburchak qilib to‘g‘rang. Kashnich barglarini maydalang.
2. Barcha masalliqlarni ustma-ust solib, mayonez va tuz bilan aralashtiring. So‘ng likopchaga joylab, 15 daqiqa muzlatgichga qo‘ying.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz