Oila

Kichik bola bilan safarga nima olib borish kerak?

Yoz kunlari ko‘p oilalar dam olish uchun boshqa shahar yoki mamalakatlarga ketishni rejalashtiradi. Kichik bolaning salomatligiga ham havo almashtirish foydali hisoblanadi. Dam olish maroqli o‘tishi uchun ba’zi sirlarni bilish, safarda kichik bola bilan qiynalmaslikka yordam beradi.

1. Bola odatda kasal bo‘lganda ichib yuradigan dori-vositalarini kerakli miqdorda olib ketish kerak;

2. Borilayotgan joydagi ob-havo haqida oldindan bilib olish (internet, tanishlar orqali) lozim;

3. Kutilayotgan ob-havoga mos kiyim-kechak olish muhim;

4. Har doim qo‘shimcha ravishda kutilayotgan havodan sovuqroq havo uchun qo‘shimcha 2 sidra kiyim olish talab etiladi;

5. Oyoq kiyim kamida ikkita bo‘lishi kerak. Biri xo‘l bo‘lsa, ikkinchisi as qotadi;

6. Bola zerikmasligi uchun unga kerakli o‘yinchoqlardan 1-2 dona olish ketish foydadan holi bo‘lmaydi(rangli qalam, plastilin, konstruktor va boshqalar);

7. Yaralarni bitishi uchun yordam beruvchi dezenfeksiyalovchi vosita kerak bo‘ladi;

8. Har ehtimolga qarshi zontik solib qo‘yish kerak. Dengiz tomonlarda odatda birdaniga yomg‘ir yog‘ib ketishi mumkin;

9. Bolaga ichki kiyimni ortigi bilan olib ketish kerak;

10. Dam olish joyi tanlanayotganda bolaning yoshi va qiziqishlariga ham ahmiyat bermoq lozim. Faqat ota-onasiga yoqadigan joyda bola zerikib ota-onasi maroqli dam olishiga to‘sqinlik qiladi. Faqat bola uchun qiziqarli joyda ota-ona tez zerikib qoladi. Shuning uchun oilaviy dam olsa bo‘ladigan joylarni tanlash kerak.

11. Bola maxsus kasha yoki smes yeyayotgan bo‘lsa, kerakli miqdorda oib ketish haqida unutmang. Yangi joyda bolalar uchun maxsus yeguliklarni topish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, undan tashqari yangi joyda bola o‘rgangan ovqatini yegani ma’qul.

12. Bolaning teri nozik bo‘lsa, o‘zi foydalanayotgan gigiyena vositalarini birga olib ketish muhim;

13. Bolaga yoqadigan o‘ziga mos sumka-ryukzak olib bersangiz, o‘z buyumlarini o‘zi olib yurishni afzal ko‘radi;

14. Uyda aravadan foydalanilmayotga bo‘lsa ham, safarga olib ketgan ma’qul. Uzoq safarlarda kuni bilan aylanib yurishda bola charchab qoladi. Undan tashqari kechki payt  ota-ona aylanib yurganda, bola mazza qilib aravasida uxlay oladi;

15. Bolaning bo‘yniga ilib qo‘yadigan beyjik kerak bo‘ladi. U yerda ota-onaning adresi yoki telefon raqamlari, to‘xtalgan mehmonxona haqida ma’lumot yozilgan bo‘lishi kerak. Bola yo‘qolib qolsa, topilishida yordam beradi. Beyjikni safar mobaynida yechmaslik kerak;

16. Bolaning bosh yoki oyoq kiyimi ko‘zga tashlanadigan rangda bo‘lsa, ko‘pchilik orasida ko‘z oldingizdan yo‘qolib qolmasligiga yordam eradi. Kiyimning o‘rniga bilagiga rangli yoki jaranglaydigan bilaguzuk taqib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Eng muhimi, dam olish maskanlarida, boshqa mamlakatlarda ota-onaning bolaga bo‘lgan e’tibori 2 barobar ko‘proq bo‘lishi kerak. Bolaning yo‘qolib qolishiga, shikkastlanishiga, betob bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, nihoyatda e’tiborli va sabrli bo‘ling, shunga haqiqatan mazza qilib oilaviy dam olib kelasiz!