- Nega ko‘zingiz qizaradi? Qachon: ertalabmi yoki ish jarayonidan keyinmi? Savollarni o‘ylab ko‘ring. Ko‘zdagi qizillik ko‘z kasalliklari, shamollash, allergiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
- Ko‘z shilliq qavati quruqlashib qolsa ham, qizillik yuzaga keladi. Ko‘zda qichishish kuzatilsa, bezovtaliklardan darak bo‘ladi. Shuningdek, konditsioner, tamaki tutuni, havo namligining me’yorda emasligi kabilar ham ko‘z qizarishini keltirib chiqaradi.
- Bezovtaliklarni bartaraf etishda ko‘z tomchilaridan kamroq foydalaning. Iloji bo‘lsa, faqat shifokor buyurganlarinigina tanlang. Chunki muntazam tomchilardan foydalanish aks ta’sir ko‘rsatib, turli muammolarga sabab bo‘ladi.
- Ko‘z qovoqlarini pardoz vositalaridan tozalab olgach, issiq-sovuq vanna qiling. Buning uchun paxta bo‘lagini avval qaynatib ilitilgan suvda namlab, ko‘z ustiga bosib turing. 2 daqiqadan so‘ng sovuq suvda namlangan paxta bilan alishtiring.
- Uyquga yotishdan oldin ko‘z ustiga ko‘k choy damlamasidan kompress qiling. 2-3 daqiqalik kompres ko‘z tomirlariga ijobiy ta’sir etadi.
- 1 osh qoshiq ittikanak (chereda) ni 1 st. qaynab turgan suvga damlang. Iligach, dokadan o‘tkazing. So‘ng ko‘z ustiga kompress sifatida foydalanishingiz mumkin. Bu usul ayniqsa allergik holatlarda asqotadi.
- Paraklangan barra bodring ham ko‘zlar uchun foydali. Ko‘z terisini oziqlantirib, namlantiradi. Qolaversa, kunning istalgan vaqti bajarish mumkinligi bilan ham qulay.
- Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching. Ammo gazlangan bo‘lmasin. Na’matak, ko‘k choy, meva sharbatlari ayni muddao.
- Ko‘z toliqishi yuzaga kelmasligi uchun ish vaqti kichik tanaffus qilishga odatlaning. Bunda ko‘z uchun turli mashqlarni bajarish mumkin. Masalan, nigohni keskin boshqa narsa yoki holatga qaratish.
- Ko‘cha-kuyda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan foydalaning. Bu nafaqat ko‘zlar balki ko‘z atrofidagi teri uchun ham asqatadi.
Manba: Darakchi.uz