Bilasizmi?

Ko‘zguda — tabiat: National Geographic Travel Photographer 2018 tanlovidan ajoyib fotosuratlar

National Geographic Travel Photographer 2018 tanloviga ishlar qabul qilinishi yakunlanishiga bir necha kun qoldi. Sayohatchi-suratkashlar o‘z ishlarini uch yo‘nalish -«Insonlar», «Shaharlar» va «Tabiat» mavzusi bo‘yicha jo‘natishadi. Har bir kategoriyada g‘olib tanlanadi va u 10 ming AQSh dollari bilan mukofotlanib, «Yil fotosuratchisi» faxriy tituli bilan taqdirlanadi.

Bigpicture.ru tanlovning «Tabiat» kategoriyasiga jo‘natilgan bir necha ishlarga nigoh tashlashni taklif etadi: unda hayvonot olami, yurakni hapriqtiruvchi manzaralar aks etgan… Ehtimol, aynan mana shu suratlardan biri tanlov g‘olibi bo‘lar va o‘z muallifiga shuhrat va boylik keltirar.

Jirafalar Tanzaniyadagi Ngorongoro krateri oldida dam olishmoqda. Leynani Yosaytis (Leinani Yosaitis).

Kordilerlar. KarstenHoenak (Karsten Hoenack).

Tushlik ketidan quvib. Qora patli akula bolasi, Mirixi oroli, Maldiv orollari. Muhammad Sharif (Mohamed Shareef).

Qoplon. Kirsten Taker (Kirsten Tucker).

Suv parisi. Reyko Takahashi (Reiko Takahashi).

Kosta-Rikadagi Tarkoles daryosidagi timsohlar. Niklas Veber (Niklas Weber).

Keyingi avlod. Nemo baliqlari chavoqlari. Klaudia Peyer (Claudia Peyer).

Suzish darslari. Ayiq ikki bolasi bilan yemak ilinjida. Karen Larson (Karen Larson).

Opa-singil Pavlovalar vulqoni, Aleut tizmasi, Alyaska. Tobi Harriman (Toby Harriman).
Mo‘ralash. Barg ortidagi kaltakesak. Limin Ju (Limin Zhu).
Manba: Kun.uz