Kontakt linzalar allaqachon millionlab kishilar hayotining ajralmas qismiga aylangan, chunki ular yordamida nafaqat ko‘rish qobiliyatini to‘g‘rilash, balki ko‘z rangini o‘zgartirish va hatto ba’zi kasalliklarni davolash ham mumkin. Lekin ko‘pchilik, linzalarni taqish ba’zi noqulayliklarga olib kelishidan xavotir olishadi. Ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Linza taqishning afzalliklari:
Tashqi ko‘rinish
Go‘zallik – bu eng asosiysi emasligiga o‘zimizni va boshqalarni ishontirishga qanchalik urinmaylik, biz hammamiz yoqimli bo‘lishni istaymiz. Ko‘zoynaklari tufayli tortinadigan ko‘pchilik qizlar linza taqishlari bilan haqiqiy sohibjamollarga aylanishadi.
Ob-havo o‘zgarishlariga qaramaslik
Linzalarga yomg‘ir tomchisi va qorning tushmasligi uning noqulay ob-havodagi munosib afzalligidir. Ko‘zoynaklarda qanday noqulay bo‘lishini eslang: yozda ular qansharingizdan tushib ketaveradi; yomg‘irda esa oynasi tomchilar bilan qoplanib qoladi.
Kamchiliklari
Linzaning bevosita ko‘z ichida joylashishi
Ba’zi ta’sirchan kishilar uchun ko‘z qorachig‘iga begona narsa tegib turishi, shuningdek, ko‘zga bir kunda kamida ikki marta teginish zarurligini anglash jiddiy ruhiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Parvarish qilish qiyinligi
Kontakt linzalar ko‘zoynaklarga qaraganda ko‘proq e’tibor berishni talab qiladi. Bundan tashqari, ularni juda toza qo‘llar bilan ushlash, shuningdek linzalarni saqlash va ishlatishda kerak bo‘ladigan hamma zarur narsalarni toza tutish lozim.
Manba: Daryo.uz