“Teri parvarishida eng kam miqdordagi tabiiy vositalar ham yetarli darajada. Kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bizning go’zallik va sog’ligimiz haqida emas, ko’proq o’zlarining foyda olishlarini o’ylashadi”. – deydi ekspert Dominik Loro. U terining oziqlanishi, tozalanishi va go’zallikni saqlash borasida quyidagi maslaxatlarni taklif qiladi.
Yuz parvarishining ham o’z qoidasi bor, kam mablag’ sarflab yaxshi natijaga erishish.
Yuzingizni tozalash uchun yaxshisi yumshoq gletsirinli yoki asalli sovun toping. Bu sovundan kechqurun makiajni tozalash uchun foydalaning, agar kosmetik vositalardan foydalanmagan bo’lsangiz ham. Teri nafas olishi kerak. Chang va kir yuzning himoya qobig’iga o’rnashib qolgan bo’ladi.
Ertalab sovundan foydalanish shart emas. Uning eng yaxshi sherigi – muzdek suv: yapon ayollari muzdek suvdan foydalangach, yuzdagi qon aylanishini kuchaytirish, va rangini yaxshilash uchun marta yengil urib qo’yishadi.
Keyin yuzni oziqlantirish kerak. Buning uchun agar havo salqin bo’lsa, hech narsa kerak emas. Agar yuz tortishgan, yoki quruq bo’lsa, bir ikki tomchi qizdirilgan yog’ni kaftingiz yordamida surish yetarli. Zaytun, kunjut, bodom yog’lari qoidasi bo’yicha foydali va teriga naf keltiradi.Tarkibidagi tabiiy yog’ yordamida choy shamasini losyon o’rniga ishlatsangiz, yuzni himoya qiladi.
Yuzingizga massaj harakati bilan yog’ni suring. Mazkur kundalik jarayonni o’rganish va amaliyotda qo’llash kerak. Faqat bitta yuz sohasida uch yuzdan ortiq mayda mushaklar bo’ladi. Agar ular massaj qilinganda to’qimalar o’z joyida qoladi. Muhimi, teri parvarishini siz o’z hoxishingiz bilan chin ko’ngildan bajarsangiz, natijaga erishasiz va teringiz chiroyli bo’ladi.
Teringiz yumshoq toza bo’lishi uchun sovun ham, losyon ham, krem ham kerak emas. Uni tozalash va oziqlantirish kerak. Buning uchun yuzingizga turli xil kimyoviy kosmetik vositalardan voz keching. Teri ham ovqat hazm qilish sistemasi kabi nima surtsak, hammasini o’ziga shimadi va qonga singdiradi.
Eng yaxshi teri parvarishi- bu sog’lom ovqatlanish, kerakli miqdordagi uyqu, toza suv va baxt. Qolganlari ikkinchi darajali. Biror go’zal ayoldan go’zalligingiz sababi va nimadan foydalanishini so’raganingizda hammasiga bitta javob beradi “ E, xa, deyarli hech narsa bilan!”
Terini tozalash
200 gr suvni qaynating, unga 2-3 tomchi hushbo’y hidli yog’ (lavanda, limon va hokazo) qo’shib yuzdagi mayda teshikchalarni ochish uchun bug’li vanna qiling. Keyin yuz uchun uy sharoitida niqob tayyorlang: 1 – 2 choy qoshiq un, yana shu miqdordagi yogurt, limon. Muzlatkichdagi deyarli hamma mahsulotlar yaxshi natija beradi.
Gulhayo Raxmonova tayyorladi.