Kuchli ayol qadrlanmaydi. Uning birgina aybi kuchliligidir. Har qadamini shaxd bilan bosadi. Ehtiyojlarini va uyining ijara haqini o‘zi to‘laydi. O‘zi mehnat qilib topgan pulga avtomashina sotib oladi. Mushkul ahvolga tushganida telefonga yopishib yordam so‘rash o‘rniga, nima qilish kerakligini o‘zi o‘ylaydi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan birga yuragidagi qat’iyati uni muvaffaqiyatlarga boshlaydi. U nolimaydi. Birovga yomonlik qilmaydi. Hammaga ishonadi. Yo‘qotishlar oldida esankirab qolmaydi, chunki u — kuchli. Ular osongina tashlab ketiladi, osongina tark etiladi. Hatto farzandli bo‘lsa ham u kuchli ayolligicha qoladi. Yolg‘iz boshiga farzandining tarbiyasi, ta’minoti malol kelmaydi. Ojiza ayollar atrofidagi insonlarga tobe bo‘ladi. Har doim yordamga, sevgiga muhtoj bo‘ladilar. Unga mashina, zebu ziynatlar hadya qilsalar xursand bo‘ladi. Arzimas muammolarda ham olamga jar soladilar. Ojiza ayolni hech kim tashlab ketmaydi, tark etmaydi. Chunki u yolg‘izlikdagi hayotga ko‘nika olmaydi. U o‘z oyog‘ida tik turolmaydi. U muhtojdir.Kuchli ayollar e’zozlanmaydi. Boshqa ayollar ularni o‘zlariga raqib ko‘radilar, erini rashk qiladilar. Erkaklar ularni osongina taslim etolmaydi, o‘ziga bo‘ysindirolmaydi. Va oqibatda kuchli ayoldan voz kechiladi. Kuchli ayol yolg‘izdir. U qadrlanmaydi. Eriga ehtiyojmand ayol avaylanar, qadrlanar. Sochlari silanar. Kuchli ayol esa egasizdir. Unga hech kim, mehr ko‘rsatmaydi. u yana-da kuchli bo‘lish uchun tirishadi. Birgina xatosi kuchli bo‘lgani. Vaholanki, u ham bir ayoldir. U ham e’tibor kutadi, mehr istaydi. Garchi oshkor etmasa-da, u ham sochi silanganida o‘zini baxtli his etadi. U ham yolg‘izligidan o‘ksinadi.U ham charchaydi toshbag‘irlar zarbasidan.Ularga oson tutmang. Ularni tushunishga harakat qiling. Kuchli ayollar Farzandlariga ham ota, ham onalik qilolgan ayollar. Yelkalaridagi yukni ololmaganingizga yarasha ko‘ngillariga ham iztirob yuklamang! Baquvvat yuragining ichida nozik ko‘ngli bor.U shu nozik ko‘nglini avaylaydi. O‘zini va atrofidagilarni yomonliklardan uzoq tutgisi keladi. Ayol bo‘lmoq oson emas. Buning ustiga kuchli ayol bo‘lmoq
Bilasizmi?