Mavsumning eng ommabop juz’iy qismlaridan biri — bu to‘g‘nog‘ich. Qanday to‘g‘nog‘ichlarni tanlash kerak va ularni nimalar bilan taqish mumkin?
Ko‘pgina to‘g‘nog‘ichlar yuqori zargarlik san’atiga mansub bo‘ladi va narxi ham shunga yarasha juda qimmat turadi.
Yaxshisi diqqatingizni oddiyroq to‘g‘nog‘ichlarga qaratganingiz ma’qul. Agar siz zargarlik to‘g‘nog‘ichlarini ma’qul ko‘rsangiz, unda ekspertlar tavsiyasiga amal qilishingizni maslahat beramiz.
To‘g‘nog‘ichni tanlashda albatta garderobingizni batafsil eslashingiz kerak: u qanchalik mos tushadi, uni aynan qaysi buyum bilan taqmoqchisiz.
Eng muhimi agar bu to‘g‘nog‘ich toshli bo‘lsa, toshlarning mahkamlanishiga e’tibor bering.
Yaxshisi kumush yoki oq tilladan yasalgan to‘g‘nog‘ichni tanlang: u ko‘pchilik buyumlar bilan muvofiq keladi. Tantanalarga kelganda esa, hammasi tanlangan qiyofaga bog‘liq bo‘ladi. Asosiysi, kiyadigan libosingizga qarab toshlarning rangini tanlash.
To‘g‘nog‘ichlarni palto yoki pidjakning qaytarma yoqasiga, ko‘ylaklarning cho‘ntagiga taqing. To‘g‘nog‘ich bilan hatto to‘qilgan sviterni ham bezatish mumkin. Libosingizning asosiy predmetlari darrov o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Siz taqinchoqni an’anaviy tarzda — ko‘ksingizga, yoki diqqatni bo‘yinga va yuz tuzilishiga ko‘proq jalb qilish uchun undan sal balandroqqa ham taqishingiz mumkin. Lekin bu holatda sizning makiyajingiz mukammal bo‘lishi kerak!
Bundan tashqari, ko‘pchilik stilistlar modada bo‘lgan bosh kiyimlarini, masalan, beretlar yoki kepilarni to‘g‘nog‘ichlar bilan bezashni taklif qiladi. Shu tarzda siz mavsum uchun mutlaqo bir-biridan farq qiluvchi bir nechta shapkalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz