Biz hammamiz kutilmaganda ma’lum bir oziq-ovqatga mayl bildirish holatiga duch kelganmiz. Lekin shunday holatlar bo‘ladiki, aynan biron-bir oziq-ovqat yeyishni xohlash organizmda ozuqa moddalarining yetishmasligidan darak berishi mumkin. Bu maqoladan organizmga qaysi mikroelementlar yetishmayotganini aniqlash yo‘llari haqida bilib olishingiz mumkin.
Agar siz shokolad yeyishni xohlasangiz
Bu sizning organizmingizda magniy, xrom, B guruh vitaminlari va yog‘ kislotalari yetishmasligidan dalolat beradi.
Mikroelementlar immun tizimiga yordam berishi va turli xil yallig‘lanishlarning oldini olishi bilan birga asab tizimi faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi va suyaklar sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Magniy shokoladdan tashqari baliq, yashil bargli sabzavotlar, yong‘oqlar, loviya va grechka tarkibida ham juda ko‘p.
Agar siz pishloq yeyishni xohlasangiz
O‘zingizda xotira bilan bog‘liq muammolarni va diqqatni to‘plashda qiyinchilikni his qilayapsizmi? Amerika olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar diqqat va giper faollik yetishmasligi sindromi bo‘lgan odamlar sog‘ odamlarga qaraganda ko‘proq pishloq yeyishga moyil bo‘lishini isbotladi.
Bundan tashqari, pishloq ham shokolad kabi tarkibidagi L-triptofanlar tufayli kayfiyatni yaxshilaydi va bo‘shashtirishga yordam beradi. Sizning organizmingizga kalsiy yetishmaslik ehtimoli mavjud.
Quyoshli kunlar tez-tez toza havoga chiqishga harakat qiling. Agar buning iloji bo‘lmasa, pishloqdan tashqari ko‘proq yog‘li baliqlar, sariyog‘, tuxum sarig‘ini iste’mol qilib turing.
Agar siz konfet yeyishni xohlasangiz
Gap «qanaqadir shirinlik yeyishni xohlash» haqida borayapti. Bunday iborani biz har gal asablarimiz taranglashgan paytlar beixtiyor ishlatamiz. O‘zingizni ayblashga shoshilmang: shakar miyangizning markazini faollashtiradi va haqiqatan ham yuz berayotgan voqealarga diqqatni jalb qilishga vaqtincha yordam beradi.
Bu sizda xrom yetishmasligining belgisi bo‘lishi mumkin. Xrom tana hujayralariga qondagi glyukozaning singishini tezlashtirishga yordam beradi.
Shirinlikning o‘rniga xromga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar: go‘sht, tovuq, sabzi, kartoshka, karam, butundonlilar va tuxum iste’mol qiling.
Agar siz go‘sht yeyishni xohlasangiz
Go‘sht yeyishni xohlash organizmda oqsil, shuningdek hayvon oqsili tarkibida bo‘ladigan mikroelementlar: rux, temir moddalari, B12 vitamini va Omega-3 yetishmasligidan dalolat beradi.
Manba: Daryo.uz