Aloe xalq tabobatida eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘simlik hisoblanadi. Xalq tabobatida qo‘llanilishi
Aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarini, o‘pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishini (yiring olishi) kesuvchi modda bor. Shuning uchun ham bargini ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o‘rtasidan uzunasiga yorib, jarohatga bog‘lanadi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi
Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi.
U nafaqat dorivor o‘simlik, balki ishtaha ochuvchi hamdir. Bosh og‘rig‘i, tuberkulyozga qarshi davo sifatida ham qo‘llasa bo‘ladi.
Manba: Darakchi.uz