— Bodomning inson organizmiga qanday foydasi bor? Uni soch va terini sog‘lomlashtiradi, deyishadi. Shu rostmi?
Gulchehra Xidirova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
— Bodom mag‘zida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan komponentlar mavjud. U vitaminlar va mikroelementlar manbai hisoblanadi. Tarkibida yog‘, oqsil, uglevod, kalsiy, temir, fosfor, vitamin S, beta karotin mavjud. Inson organizmidagi modda almashinuvini yaxshilaydigan, tishlar, soch va terini sog‘lom faoliyatini ta’minlaydigan V1, V2 vitaminlari bor.
Organizmda oterskleroz rivojlanishini susaytiradi yoki to‘xtatadi, yurakni ishemiya kasalligidan himoya qiladi. Bodom mag‘zidan tayyorlangan oziqa parhezli taom hisoblanadi va undan bolalarning qand kasalligini davolashda foydalaniladi. Har kuni bodom mag‘izini iste’mol qilgan insonning qon tarkibida Ye vitamin miqdori ortishi hamda xolesterin miqdorining kamayishi tadqiqotlar asosida isbotlangan.
Manba: Darakchi.uz