Markaziy Osiyoning 25 nafar15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab, litsey, kollej o‘quvchi qizlari "TechGirls" loyihasi doirasida AQShda kiber xavfsizlik va kodlash mavzularini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Dastur kelgusi yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 25 nafar qiz ishtirok etadi.
"TechGirls" dasturida qizlar xavfsizlik va kodlash mavzularidagi malaka oshirish seminarlarida qatnashish va AQShning eng yaxshi innovatsion texnologiya mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishadi. Shu bilan bir qatorda Virjiniya texnologik lagerida coha bo‘yicha tahsil oladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu loyihada Jazoir, Misr, Iordaniya, Liviya, Livan, Marokko va Falastin kabi mamlakatlardan 181 nafar qiz ishtirok etib bilim olgan.