Bilasizmi?

Malika Diananing onalik haqidagi 10 ta fikri

Malika Diana Buyuk Britaniyaga ikki merosxo‘r shahzodalar —  Uilyam va Garrini hadya qildi.

U o‘g‘illarida bir-biriga hurmat, oilaga va albatta ayollarga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga erishdi.

Malikaning fojiali o‘limidan 10 yil o‘tganidan keyin biz uning onalik haqidagi eng mashhur fikrlarini yodga olamiz.

Hayotda hamma narsaning qadriga yeta bilish kerak. Agar siz nimanidir yo‘qotgan bo‘lsangiz, umidsizlikka tushmang. Eng asosiysi – bu oila va bolalar ekanligi esingizda bo‘lsin.

Bir kuni biz Uilyam bilan maktabga borayotganimizda unga shunday dedim: «Agar sen qachondir dunyodagi hamma narsadan ortiq sevadigan odamingni uchratib qolsang, uni har doim himoya qilishing va ehtiyotlashing kerak bo‘ladi».

Agar erkaklar tug‘ishni bilganida, ularning har birining bittadan bolasi bo‘lar edi.

Bolalarimning, hayot yo‘lida uchraydigan har bir odamning alamlari, qat’iyatsizligi, umidlari va orzularini tushunishni o‘rganishlarini xohlayman.

Biz bolalarimizga ular haqida qanday qattiq tashvishga tushayotganimizni ko‘rsatishimiz kerak. Toki katta bo‘lganida, ular ham yaqinlari uchun shunday qayg‘ura olsin.

Agar o‘g‘lim o‘z hissiyotlarini yashirmayotgan bo‘lsa, bu uning nozik ekanligini bildirmaydi.

Men kitoblardagi qoidalarga rioya qilmayman. Men qalbim buyurganidek yashayman va bolalarimni tarbiyalayman.

Quchoqlash ko‘p narsalarga qodir. Ayniqsa ular bolalar uchun katta ahamiyatga ega.

Oila — dunyodagi eng muhim narsa. Atrofda nima yuz berishidan qat’iy nazar, men har doim o‘z bolalarimni himoya qilaman. Chunki ularning baxtli bo‘lishini xohlayman.

Manba: Daryo.uz