Zarur masalliqlar: xamiriga: 4 stakan un, 1,5 stakan shakar, yarim stakandan o‘simlik yog‘i va apelsin sharbati, 150 gr. sariyog‘, 3 dona tuxum, 3 choy qoshiq xamiryumshtagich, yarim choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq vanilin; ichiga solishga: malina murabbosi, maydalangan yong‘oq mag‘zi va mayiz, dolchin.
Tayyorlanishi: 1. Shakar, un, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring.
2. O‘simlik yog‘iga apelsin sharbati, vanilin va tuxumni soling. Unli aralashmaga qo‘shib, xamir tayyorlang. Zuvalani sellofanga o‘rab, yarim soatga muzlatkichga qo‘ying.
3. Xamirni to‘rt bo‘lakka bo‘ling. Har bir bo‘lakni qo‘lingiz bilan to‘rtburchak shaklda yoyib, yumshatilgan sariyog‘ surting. So‘ngra malina murabbosini. Mayiz va maydalangan yong‘oq mag‘zini ham solib, rulet shaklida o‘rang. Keyin bo‘laklarga bo‘lib, yog‘langan gaz patnisiga joylang.
4. Shirinliklar yuziga dolchin va shakar sepib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqa qo‘ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: Darakchi.uz