Oshxona

Manniy yormasidan pirog (Mannik)

Ushbu pirog unsiz pishiriladi, bunda un o‘rnini manniy yormasi bosadi. Pishiriq juda mayin va nam bo‘lib chiqadi.

Zarur mahsulotlar:

  • 250 ml manniy yormasi
  • 250 ml qatiq
  • 180 g shakar
  • 2 ta tuxum
  • 100 g margarin
  • 1,5 choy qoshiq razrixlitel
  • 1 chimdim tuz

Tayyorlanishi:

Idishga manniy yormasini solib, qatiqni qo‘shamiz. Yaxshilab aralashtirib, 1—2 soatga ivitib qo‘yamiz.

20150921_152433

20150921_152537 20150921_152651

Boshqa idishda margarinni vilka bilan ezib, shakar bilan aralashtiramiz.

20150921_173052

20150921_173206

Unga tuxum, tuz va razrixlitelni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

20150921_173339

20150921_173559

Ushbu aralashmani ivigan manniy yormasi bilan aralashtiramiz.

20150921_173640

20150921_173811

Xamirni yaxshilab yog‘langan formaga solamiz va 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 35 daqiqa pishiramiz.

20150921_174159

Pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!

20150921_180516