Oshxona

Mayonezli pechene

Biror bayram yoki tug‘ilgan kun munosabati bilan salat tayyorlash maqsadida, odatimizga ko‘ra, har ehtimolga qarshi ko‘proq miqdorda mayonez sotib olamiz. Ammo bayramdan so‘ng uni ishlatishga ehtiyoj bo‘lmagach, mayonezning qolganini tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi. Biroq bunday isrofgarchilik qilish o‘rniga, uni turli pishiriqlarda qo‘llash mumkin. Quyida mayonezdan pechene tayyorlash yo‘lini ko‘rsatib beramiz. Uning tayyorlanishi uvalanadigan pecheneniki bilan deyarli bir xil, lekin mayonez qo‘shilgani hisobiga u mayinroq bo‘lib pishadi.

Zarur masalliqlar:

  • 100 g mayonez
  • 100 g margarin
  • 2 ta tuxum
  • 1 stakan shakar
  • 3 stakan un
  • 1 choy qoshig‘ida osh sodasi (sirka bilan so‘ndiramiz)

Tayyorlanishi:

Xona haroratida yumshagan 100 g margarinni 100 g mayonez bilan yaxshilab aralashtiramiz.

20160221_164505

Ikkita tuxumni bitta-bitta chaqib qo‘shamiz.

20160221_164920

So‘ng unga 1 stakan shakarni aralashtiramiz.

?

?

Alohida idishda 3 stakan un (un kamroq miqdorda zarur bo‘lishi ham mumkin) va osh sodasini aralashtiramiz va mayonezli aralashmaga qo‘shamiz. Yumshoq, ammo qo‘lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

?

Xamir qanchalik muloyim bo‘lsa, pechene ham shunchalik yumshoq va og‘izda erib ketuvchan bo‘lib pishadi. Yumshoq xamirdan shakllar yasash qiyinroq bo‘lgani tufayli, uni qandolat xaltachasiga solib, pergament to‘shalgan duxovka listi ustiga gulsimon shaklda pechene yasab qo‘yish mumkin. Bolalar bilan birga xamirdan turli shakllar kesib olmoqchi bo‘lsangiz, xamirni biroz qattiqroq qilishingiz ham mumkin. Bunda xamir 2—3 mm qalinlikda yoyiladi.

20160221_170421

Pecheneni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 10—15 daqiqa davomida pishiramiz.

20160221_171442

Mayonezli pechene tayyor. Yoqimli ishtaha! Uni oila davrasida bir piyola choy ustida tanovul qilishingiz mumkin.

20160221_172839