Kartoshkadan bir necha o‘nlab turli xildagi eng mazali taomlar tayyorlash mumkin. Ular har doim ajoyib chiqishi uchun quyidagi oltita oddiy maslahatlarni eslab qoling:
- Mazali bo‘lishi uchun kesilgan kartoshkani qovurishdan oldin sochiq yordamida quriting, yog‘ solingan tovaga qo‘ying, yaxshilab aralashtiring va olovni pasaytiring.
- Pyure ichiga faqat isitilgan sut qo‘shing— aks holda u rangini o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek, pyure qilish uchun elektr moslamalaridan foydalanmang: mashhur oshpazlar haddan tashqari tez maydalash masalliqning zichligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar.
- Agar kartoshka muzlab qolgan bo‘lsa, shirinsimon yoqimsiz ta’mdan qutulish uchun uni qaynatishda suvga bir osh qoshiqdan tuz va sirka qo‘shing. Bu usulni eskirgan sabzavotlar uchun ham qo‘llash mumkin.
- Kartoshkani qaynatishda suvga shivit, sarimsoq yoki bosh piyoz qo‘shing — shunda taom yanada mazali va xushbo‘y bo‘lib pishadi.
- Yangi kartoshkaning po‘sti oson tozalanishi uchun uni oldindan sovuq suvga solib qo‘yish kerak.
- Agar siz kartoshkani tozalab bo‘lganingizdan keyin uni pishirishdan voz kechgan bo‘lsangiz, ularni oziq-ovqatlar uchun plyonkaga o‘rang, havosini chiqaring va sovutgichga qo‘ying. Shunda kartoshka qorayib qolmaydi va bir-ikki kun davomida o‘zining ta’mga doir xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
Manba: Daryo.uz