Oshxona

Mevali salat tayyorlaymiz

Mevalarni kattalar ham kichiklar ham sevib iste’mol qilishadi. Yilning qaysi vaqti bo‘lmasin, uydagi bor mevalardan salat ham tayyorlashingiz mumkin. Bugun biz mevali salat tayyorlashning asosiy retseptini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.

Masalliqlar:

  • Mevali yogurt — 100-200 gr;
  • Qizil olma — 1 dona;
  • Banan — 1 dona;
  • Kivi — 2 dona;
  • Mandarin — 1 dona;

Tayyorlanishi:

Mevalarni yaxshilab yuving.

Banan, mandarin va kivini arching, mayda qilib kubik shaklida to‘g‘rang.

To‘g‘ralgan mevalarni yogurt bilan aralashtiring.

Kichkina likopchalarga qo‘yib ustini mandarin bo‘lakchasi bilan bezating.

Tayyor bo‘lgan mevali desertni biryo‘la dasturxonga tortishingiz mumkin.

Salat uchun mevalarning har qanday turidan foydalanishingiz mumkin. Yogurt o‘rniga esa muzqaymoq ishlatsangiz ham bo‘ladi. Shirinlikni sevadiganlar uchun salat ustiga shokolad kukuni sepilsa, yanada mazali bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz