Oshxona

Mikroto‘lqinli pechda kartoshka chipslarini tayyorlaymiz

Chipslarni yoqtirmaydigan kishining o‘zi bo‘lmasa kerak. Chipslarni eng kam miqdordagi yog‘ bilan mikroto‘lqinli pechda ham tayyorlash mumkin.

Zarur masalliqlar:

  • Kartoshka
  • Ta’bga ko‘ra tuz, garmdori va achchiq qalampir
  • O‘simlik yog‘i

Mahsulotlarning taxminiy narxi 2000 so‘m.

Tayyorlanishi:

Bir kosa tayyor chipslar uchun o‘rtacha 5—6 ta kartoshka ketadi.

1. Kartoshkalarni tozalab, yupqa qilib (1—2 mm qalinlikda) to‘g‘raymiz. Kesishda sabzavot archish uchun qo‘llaniladigan asbobdan ham foydalanish mumkin.

12-615x412

2. So‘ng, ortiqcha kraxmaldan xalos qilish uchun to‘g‘ralgan kartoshkalarni sovuq suvda chayamiz.

25-615x412

3. Ta’bga qarab tuz va qalampir qo‘shamiz. Kartoshka ustiga yog‘ sochib chiqamiz va qog‘oz to‘shalgan mikroto‘lqinli pech likopiga terib chiqamiz.

33-615x412

Uni pechga qo‘yib, eng yuqori quvvatda 3 daqiqa davomida pishiramiz. Agarda chipslaringiz qalinroq bo‘lsa, vaqtni yana bir daqiqaga uzaytirish mumkin.

Tayyor chipslarni sovitamiz va shundan keyin idishga olamiz.

Uy chipslari tayyor. Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz