Bilasizmi?

Ming dardga davo bodrezak!

O‘rta Osiyo mamlakatlarida bodrezak faqat manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Mevasidan murabbo, kompot, jem, kisel pishiriladi, piroglarga solinadigan masalliq, mors va boshqa ichimliklar tayyorlanadi. Mevasidan olingan shiradan ovqatga ishlatiladigan mahsulotlarni bo‘yash uchun foydalaniladi.

Tabobatda qo‘llanilishi

Bodrezak mevasi tarkibida 32 foizgacha qandlar, organik (sirka, izovaleriana, chumoli va boshqa) kislotalar, vitamin S va vitamin R, karotin, minerallar (marganets, rux), pektin, oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20 foizgacha yog‘ bor.

Xalq tabobatida bodrezak mevasi me’da-o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Tibbiyotda asosan poya va shoxlarning po‘stlog‘i ishlatiladi. Po‘stloq tarkibida viburnin glikozidi, vitamin S va K, karotin, triterpen saponinlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.

Po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt bachadondan qon ketishida qon oqishini to‘xtatish hamda hayz ko‘rganda paydo bo‘ladigan og‘riqni qoldirish uchun qo‘llaniladi.

Bodrezak mevasi vitaminli choylar tarkibiga kiradi.

Manba: Darakchi.uz