Har bir kishi muvaffaqiyatli bo‘lishni orzu qiladi, lekin hammaning ham orzusi amalga oshavermaydi. Chunki bunga xohishning o‘zi kamlik qiladi. Oddiy odamlar mashaqqatli mehnat natijasidagina buyuk bo‘la oladi.
Biz muvaffaqiyat qozongan odamlarning yashash tarzini o‘rganib chiqdik va mansab pog‘onalaridan pastga emas, balki yuqoriga intilmoqchi bo‘lgan kishilarni qiziqtiradigan bir nechta faktlarni aniqladik.
-
To‘g‘ri muhit
O‘zingiz havas qiladigan odamlar bilan muomalada bo‘ling. O‘zingizdan ko‘ra aqlliroqlardan o‘rganing. Tenglashishga arziydiganlar qatorida bo‘ling.
-
Reklama muvaffaqiyatning omilidir
Agar siz o‘zingizni yoki o‘z mahsulotingizni ilgari sura olmasangiz, unda muvaffaqiyatni kutmang. Ilgari surish tirishishni va dadillikni talab qiladi, bu esa g‘alabaning eng asosiy shartidir.
-
Oqilona asketizm
Boy bo‘lishni xohlasangiz – tejashni o‘rganing. Asket bo‘lish kerak emas, lekin hozirdan pulni qadrlashni o‘rganing. Agar siz boylardek yashasam boy bo‘laman deb o‘ylasangiz katta xato qilasiz.
-
O‘qish, o‘qish va yana o‘qish
Muvaffaqiyatga erishgan kishilar bo‘sh vaqtini ilm olishga sarf qilgan. Va buni ular boy va mashhur bo‘lganida ham davom ettiradi. Bilim – bu kuch.
-
Maqsadlar va vazifalar rejasi
Siz muvaffaqiyat – bu omad deb o‘ylaysizmi? Deyarli har doim muvaffaqiyat – bu yaxshi reja va uni amalga oshirish tarzi. Rejasiz hech narsa qilib bo‘lmaydi. Siz maqsadingizni aniq belgilab olishingiz va unga tomon shaxdam qadamlar tashlashga kirishishingiz kerak.
-
Maksimal darajada diqqatni to‘plash
Biron-bir ishni bir necha kunda ham, bir-ikki soatda ham bajarish mumkin. Muvaffaqiyatli odamlar butun diqqat-e’tiborini aniq bir ishni bajarishga yo‘naltiradi va unga keragidan ortiqcha vaqt sarflamaydi.
Manba: Daryo.uz