Yarim stakan quritilgan na’matak mevalari ustidan 1 litr suv quying. Olovga qo‘yib, 10 daqiqa qaynating. Keyin 8-10 soat o‘rab qo‘ying-da, dokadan o‘tkazib oling. Erta tongdan boshlab har 2-3 soatda bir stakandan ichib turiladi (asal, murabbo, qand solib ichish ham mumkin). Davolash kursi — 1 hafta. Na’matakni termosga solib, asal qo‘shish, ustidan qaynoq suv quyib, bir kechaga qoldirish mumkin. Ertalab uyqudan uyg‘onguningizcha shifobaxsh ichimlik tayyor bo‘lib turadi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi