1980-yillar oxirida NASA va AQSh landshaft pudratchilari uyushmasi kosmik obektlarda havoni tozalashning turli hil usullarini o‘rganishdi. Kuzatishlar natijasida, bir necha hil gullar kosmik obektlarda ham, uy sharoitida ham havoni a’lo darajada tozalashi aniqlanadi. E’tiboringizga ana shu gullar ro‘yxatini taqdim etamiz.
1. Oshxona uchun
Azaliya guli nafaqat go‘zalligi bilan ko‘zni quvontiradi, balki oshxonada ishlatiladigan idish yuvish vositalari tarkibidagi formaldegid va benzolni o‘ziga yutib, havoni tozalaydi.
2. Bolalar xonasiga
Gerbera guli bolalar xonasidagi plastmass o‘yinchoqlar, sintetik tolalar tarkibidagi zararli moddalardan bolalarni himoya qiladi.
3. Mehmonxona
Benjamin fikusi havoni yaxshi namlantirib, ammiak, formaldegid kabi moddalardan xonani tozalaydi. Shuningdek, bu gulni printer va hujjatdan nusxa ko‘chirish moslamasi (kseroks) oldiga quysangiz, ulardan chiqayotgan ksilola, toluola moddalari sizga zarar keltirmaydi.
4. Yotoqxonaga.
Insoniyat aloe vera guli bilan do‘stlashganiga 6000 yildan oshdi. Misrda bu o‘simlikni hatto mangulik guli deb nomlashgan. Shundan buyon bu gul tabobatda keng ishlatilib kelinadi. Aloe guli kechasi o‘zidan kislorod chiqarib, karbonat angidrid gazini yutadi, siz esa toza havoda orom olasiz.
5. Ish xonasi
Kaktus guli boshqa gullarga qaraganda kompyuterdan tarqalayotgan elektromagnit nurlaridan himoya qiladi.
6. Dahlizga
Soyani xush ko‘ruvchi koleus guli, doimiy o‘¼itlash va ko‘chirib o‘tkazishlarga ehtiyoj sezmaydi. Yelvizakni ham yaxshi qabul qiladi. ²avoni a’lo darajada tozalab, rang-barangligi bilan dahlizga zeb beradi.
7. Uyning ayvon єismi
Geran guli havoni dezinfeksiya qilib, uni bakteriyalardan va kuyadan himoya qiladi. Guldan chiqayotgan efir hidlari butun ayvonni qoplab, dam olib o‘tirishingiz uchun zamin yaratadi.
Manba: Darakchi.uz