Bilasizmi?

Namanganda arazlashgan oilalarni yarashtirish oyligi o‘tkazilmoqda

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mahallalarda fevral—mart oylarida Yarashtirish komissiyasi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Qarorga muvofiq, viloyat hokimligining ishchi guruhi tuzilib, targ‘ibot—tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Hilola Yusupova boshchiligidagi guruh a’zolari shahar va tumanlarda arazlashgan oilalar ro‘yxatini shakllantirib, yarashtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Pop tumanida o‘tkazilgan shunday ishlar natijasida 50 ta oila tiklandi. Chust tumanida 33 ta oila tiklangani aytilmoqda.