Bilasizmi?

Nikohdan ajratish jarayoniga yangi o‘zgartirish kiritildi

«Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida»gi Hukumat qarori (VMQ–270, 06.04.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.