So‘nggi yil avvalgilariga qaraganda tez o‘tib ketganday tuyuladimi? Bu savol anchadan beri ko‘pchilikni qiziqtirib keladi. Biz buni izohlashga harakat qildik.
Surat: 1 yoshga to‘lganingizda, bu umringizning 100 % ni tashkil etadi. 50 yoshga to‘lganingizda esa, 1 yil umringizning 50/1 qismini tashkil etadi.
Bu interfaol ko‘rsatkich orqali yillar o‘tgan sari vaqtni idrok qilishimiz tobora o‘zgarib borishiga amin bo‘lamiz. Yillar bizning nazarimizda juda tez o‘tib ketganday tuyuladi. Bu ko‘rsatkich, yashab o‘tgan umrimiz bizning “absolyut” vaqtimiz bilan tenglashganini ko‘rsatadi.
50 yoshga to‘lganingizda, 1 yil umringizning 2 %ni tashkil etadi.
Vaqt va pul ikki xil narsa bo‘lsa-da, insonlar ularni juda qadrlashadi. Ba’zilar esa vaqtning o‘zi pul, deydi.
Bu interfaol ko‘rsatkichni BMW dizayni bo‘yicha maslahatchi avstriyalik Maksimilian Kiner (Maximilian Kiener), faylasuf Pol Janening fikriga asoslanib yaratgan.
Buni sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, 10 yoshli bolaga 1 yil umrining 10/1 qismidek, 50 yoshli odamga esa 50/1 qismidek tuyuladi. Bola endigina 1 oylik bo‘lganida hafta umrining chorak qismini tashkil etadi. Agar bola 14 yoshda bo‘lsa, 1 yil uning umrining 7 foizini tashkil etadi va bu unga uzoq vaqtday tuyuladi. 30 yoshga to‘lganda esa, hafta umrning juda qisqa davrini ichiga olsa, 50 yoshda esa 2 foizini o‘z ichiga olib, insonda vaqt tez o‘tayotganday taassurot uyg‘otadi.
Agar 90 yoshga kirgan bo‘lsangiz, 1,01 foiz umringiz qolgan.
Vaqtning bunchalik qadrsizlanishini kim bilibdi deysiz?
Boshqacha qilib aytganda, qanchalik uzoq yashasak, bir yil umrimizga mutanosib ravishda qisqarib boraveradi.
Agar vaqtning, yilning o‘tgan yilga nisbatan tez, zuvillab o‘tib ketayotganidan hayron bo‘lsangiz, demak yoshingiz ulg‘aymoqda. Shuning uchun har bir baxtli lahzalardan lazzatlanib yashang, chunki kelasi yili bunday quvonch shiddatli ravishda tez o‘tib ketadi. Bunga amin bo‘lish uchun interfaol ko‘rsatkichdan foydalanishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz