Bilasizmi?

Nogironligi bo‘lgan farzandni parvarish qilayotgan onalar uchun alohida nafaqa turi joriy etiladi

Prezident parlamentga murojaatnomasida pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligi haqida gapirdi.

«Ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, o‘n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimizda turishi kerak.

Umrini nogiron farzandni parvarishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi. Biz davlat bo‘lib bu onalarga e’tibor bermasak, bu noinsoflik bo‘ladi», dedi prezident.

Prezidentning ushbu so‘zlarini yig‘ilganlar gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi.