Zarur masalliqlar: 500 gr. oshirma qatlama xamir, 6 ta tovuq oyog‘i, 300 gr. qo‘ziqorin (tuzlanganini ham ishlatish mumkin), 5 ta kartoshka, 50 ml. sut, 2 osh qoshiq sariyog‘, o‘simlik yog‘i, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Kartoshkani po‘stidan tozalab, suvga solib qaynating.
2. Piyoz va qo‘ziqorinni maydalab to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida 15 daqiqa qovuring.
3. Tovuq go‘shtiga tuz sepib, 25-30 daqiqa qizdirilgan o‘simlik yog‘ida pastroq olovda pishiring.
4. Qaynatilgan kaatoshkaga sariyog‘ qo‘shib, ezing. Sut va tuzni solib, aralashtiring. So‘ngra qo‘ziqorinli aralashmani qo‘shasiz.
5. Qatlama xamirni 3 mm. qalinlikda yoyib, 15x15 sm. kattalikdagi to‘rtburchak shakllar kesing. O‘rtasiga aylana qilib yoyilgan kichkina xamir bo‘lagini qo‘yib, qiymadan soling. So‘ngra bittadan tovuq go‘shtini bo‘yiga joylaysiz. Xamirni esa markazga to‘plang va tugib, ip bilan bog‘lang. Yog‘langan qolipga terib, tovuq oqyolarining uchini zar qog‘oz bilan o‘raysiz. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo‘ying.
1 soat
6 kishilik
Manba: Darakchi.uz