Bilasizmi?

Nonushta — faol yashash tarzining garovi

Ertalab ovqat yeyish to‘ladan kelgan odamlarni ancha faolroq qiladi. Bu haqda Bata universitetidagi tadqiqotchilar ma’lum qildi. Enxad Chaudxarining tushuntirishicha, ko‘pchilik odamlar birinchi ovqat qabul qilishni qoldirish o‘z sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘ylab ko‘rmasdan, nonushtadan voz kechadi.

Tadqiqotlarda ortiqcha vaznga ega bo‘lgan 21 dan 60 yoshgacha odamlar ishtirok etdi. Ular ikki guruhga bo‘lingan edi – biri olti hafta davomida ertalab nonushta qilgan, boshqasi esa bu nonushtani qoldirgan – kunning yarmigacha ularga faqat suv ichishga ruxsat berilgan. Nonushta qilishni unutmagan odamlar kun davomida ancha faol bo‘lgan, ular ko‘proq harakat qilgan, umuman olganda bu ularning ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Tadqiqot mualliflari tajribalarni davom ettirishni va nonushta uchun mos keluvchi eng yaxshi natija beradigan oziq-ovqatlar ko‘rsatilgan tavsifnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Ular hamma oziq-ovqatlar bir xil emasligini – shirin makkajo‘xori yormalari oqsilga boy bo‘lgan nonushtaga qaraganda kamroq foyda keltirishini eslatmoqda.

Manba: Daryo.uz