Kerakli masalliqlar:
1. Tovuq go‘shti - 200 gr. 2. Brinza - 200 gr. 3. Dudlangan pishloq - 200 gr. 4. Marinadlangan qo‘ziqorin - 200 gr. 5. Tuzlangan bodring 3-4 dona. 6. Suxarik - 100 gr. 7. Salat bargi 8. Mayonez 9. Tuxum - 1 dona. 10. Sarimsoq piyoz - 3-4 bo‘lakcha.
Tayyorlanishi:
Tovuq go‘shti qo‘lda maydalanib, tuxumga aralashtirilib, yog‘da qovurib olinadi. Alohida idishga suxarik, maydalangan sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq mayonez solinib, (ta’bga qarab ko‘kat qo‘shishingiz mumkin) aralashtiriladi. Qolgan masalliqlar kubik qilib to‘g‘raladi va alohida idishda aralashtiriladi.
Salat idishi tubiga birinchi bo‘lib qo‘lda maydalangan salat bargi, ustiga kubik qilib to‘g‘ralib aralashtirilgan barcha masalliqlar ketma-ket solinadi.
So‘ng, suxarik va mayonez solinib, ustini hohishingizga qarab, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq yoki pishgan tuxum sarig‘i bilan bezatishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz