Madaniyat

Nyu-York moda haftaligi

Sentabr oyining birinchi yarmida Nyu-Yorkda moda dunyosidagi asosiy hodisalardan biri — Nev York Fashion Veyek bo‘lib o‘tdi. Unda mashhur dizaynerlarning 2016-yilgi bahor-yoz mavsumiga mo‘ljallangan liboslar to‘plamlari namoyish etildi. Maqolada ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Vistoria Bekham

скачанные файлы

Viktoriya Bekxemning yangi to‘plami avvalgilaridan muloyimroqligi, unchalik jiddiy emasligi va biroz sport yo‘nalishida ekanligi bilan farq qildi. An’anaviy oq va qora rangga yorqin sabzirang, ko‘k va sariq qo‘shildi. Bekxemning to‘plamida katak gulli liboslar ko‘p uchradi.

Lasoste

Lacoste

Yangi to‘plamda an’anaviy sport uslubi suprematizm va konstruktivizm uslubidagi naqshlar bilan uyg‘unlashdi. Shuningdek, Olimpiada belgilari ham ko‘p uchradi, bu bejizga emas: 2016-yilda Lasoste Fransiya termasini Braziliyadagi O‘yinlar uchun kiyintiradi.

Soach

coach

Yangi to‘plamdagi liboslarga yovvoyi gul va o‘tlar tasviri tushirildi. Yengil, shaffof bluzkalar charm yubka, baykerlar kamzuli va rang-barang qiyqimlardan tikilgan paltolar bilan uyg‘unlashdi.

Ossar de la Renta

oscar

Bahor-yoz to‘plami uchun Ossar de la Renta’ning yangi kreativ direktori Piter Kopping Ispaniya mavzusini tanladi. To‘plamda qizil rang, qora to‘r va shoyi tasmalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, to‘plamdagi liboslarda qo‘llanilgan asosiy bezak ushbu moda uyi asoschisi sevgan ispan chinnigulidan iborat bo‘ldi.

Diane von Furstenberg

diane

Diana fon Fyurstenbergning yangi to‘plamida pushti, sariq va ko‘k rangning nafis tuslari ustunlik qildi. U yengil matodan tikilgan fuksiya rangidagi shaffof bluzkalar, yerga tushib turadigan hilpiroq shoyi shimlar, grek uslubidagi yorqin ko‘ylaklar va boshqalardan iborat bo‘ldi.

Michayel Kors Sollestion

Kors

O‘zining bahorgi-yozgi to‘plamida Maykl Kors gullarga urg‘u berdi. Modeler ulardan paltoga gul bosishda ham, ko‘ylaklarga naqsh tushirishda ham foydalandi.

Ralph Lauren

Ralph

Ralph Lauren’ning yangi to‘plamidagi kiyim-kechaklar Lojuvard qirg‘oqda yoki bahorgi Parijda kiyish uchun mo‘ljallangan. Amerikalik modeler asosan oq, ko‘k, qizil va biroz jigarrangdan foydalandi. Dengiz uslubidagi kiyimlar to‘plamda ustunlik qildi.

Maqolani tayyorlashda “Lady.mail.ru” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.